Kontenut tal-post
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Tayinlov Guljan Qospan Turginbekkizi (Коспан Гулжан Тургынбеккызы) — “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining moliya-iqtisod, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Guljan Qospan 1981-yil 24-sentabrda Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida tug‘ilgan. U 2002-yilda Al-Farobiy nomidagi qozoq davlat universitetini (Qozog‘iston) (bakalavr), 2006-yilda Turon universitetini (Qozog‘iston), 2006-yilda K. Satpayev nomidagi qozoq milliy texnika universitetini (magistratura) tamomlagan.Mutaxassisligi bо‘yicha iqtisodchi, yurist, xalqaro iqtisodchi. Guljan Qospan Beeline Kazakhstan kompaniyasida moliya masalalarida menedjer hamda Freedom Telecom kompaniyasida moliya masalalari bo‘yicha direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan. Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-fevraldagi “Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 74-son qarori asosida amalga oshirildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz