@suxrobblog · Post #1376 · 19/01/2026 16:52
Vaqtning o‘tishini qarang… Kechagina LC-UP jamoasi bilan tanishgandekman. Odatda ilmiy yo‘nalishdagi loyihalar bilan ishlaganim sabab, kichkina yangilanish sifatida boshlangan hamkorlik oxir-oqibat butun ilovani to‘liq redesign qilishga olib kelgandi. Shunga qaramay, bugun qariyb 50 000 foydalanuvchiga ega bo‘lgan student ilovalarini yangilashga ulgurdik. Ular orasida LC-UP, My School, Vision School, TM school va (oliygoh,uz sayti) boshqa loyihalar ham bor. Vaqt shunchalik tez o‘tibdiki, 6 oy qanday o‘tib ketganini sezmay qolibman. Bu loyiha uchun qilgan research’larim, o‘rganilgan muammolar va topilgan yechimlar hanuz yodimda. Bu yerda faqat dizayn emas, balki haqiqiy product bilan yashash tajribasi bo‘ldi desam ham mubolagʻa boʻlmaydi. Sababi, ilova kundan kunga takomillashib bormoqda. Funksiyanallik taraflama men bemalol ayta olamanki, boshqa raqobatchilarning tushiga kirmagan geymfikatsion yechimlar oʻylab topgan edim. Unaqasi hattoki Duolingoda ham yoʻq! :) P.s. Oʻzim ham harchoq ilovadan student sifatida foydalanib turaman.😅 @suxrobblog #lcup#keys