TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Linuxgram 🐧

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Sib kontenut simili

Kanal tas-sors @linuxgram · Post #17841 · Fra 19

📰 AI Helped Uncover A "50-80x Improvement" For Linux's IO_uring Linux block maintainer and IO_uring lead developer Jens Axboe recently was debugging some slowdowns in the AHCI/SCSI code with IO_uring usage. When turning to Claude AI to help in sorting through the issue, patches were devised that can deliver up to a "literally yield a 50-80x improvement on the io_uring side for idle systems." The code is on its way to the Linux kernel... 🔗 Source: https://www.phoronix.com/news/AI-50-80x-IO-uring #linux#kernel

Riżultati

9 postijiet simili nstabu

Tfittxija: #milliymeros

当前筛选 #milliymeros清除筛选
Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori

@buxdurektori · Post #6455 · 06/06/2025 06:20

🟦🟦🟦🟦🟦#IpakVaZiravorlar#MilliyMeros#Festival2025 ☄️📚✅Buxoroda “Ipak va ziravorlar festivali” — milliy meros va qadriyatlar bayrami! Bugun, 6-iyun kuni Buxoro shahrida Ipak va ziravorlar festivaliga start berildi. Dastlab festival qatnashchilarining tantanali yurishlari “Ark” qo’rg’onidan boshlandi. Ipak va ziravorlar festivali Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi jamoa, professor-o‘qituvchilar va talabalar ham faol ishtirok etmoqda. Institut vakillari tomonidan tayyorlangan milliy ko‘rgazmalar, folklor chiqishlari va mahorat darslari festivalga alohida ruh bag‘ishlamoqda. Bizni kuzatishda davom eting: 🌐Telegram 🌐Instagram🌐Facebook🌐Web-sayt🌐Youtube

"Hunarmand" uyushmasi rasmiy sahifasi

@handicraftman · Post #54776 · 17/02/2026 09:05

#Navoiy ⚡️Nurota qadimdan nafaqat tarixiy obidalari, balki o‘zining boy hunarmandchilik merosi bilan ham mashhur. Shulardan biri — kashtachilik san’atidir. 📌Kashtachilik bu oddiy bezak emas, balki avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyat, ayollar va qizlarning mahoratini namoyon etuvchi nafis san’atdir. 🌸 Nurota kashtalarida: ✅tabiat manzaralari, ✅gul va barg naqshlari, ✅milliy ramzlar, ✅o‘ziga xos rang uyg‘unligi aks etadi. ⚛️ Har bir kashta — bu sabr, mehr va ijod mahsuli. Bugungi kunda ham Nurota ayollari ushbu san’atni davom ettirib, milliy merosimizni asrab-avaylab kelmoqdalar. #Navoiy#Nurota#Kashtachilik#MilliyMeros Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash

"Hunarmand" uyushmasi rasmiy sahifasi

@handicraftman · Post #55309 · 17/03/2026 04:26

#“BUXORO ZARDO‘ZLIGI” | 6-material ⚡️Buxoroda zardo‘zlar an’anaviy ravishda ikki toifaga bo‘linib faoliyat yuritgan. Bir toifa ustalar faqat amir saroyidagi maxsus ustaxonalarda xizmat qilgan bo‘lsa, ikkinchilari ota-bobolaridan meros bo‘lib kelayotgan shaxsiy ustaxonalarda ijod qilgan. 📌1785–1920 yillarda Mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida zardo‘zlik san’ati yuksak darajada rivojlangan. Bizgacha yetib kelgan ko‘plab noyob zardo‘zi kiyim-kechaklar aynan shu sulola vakillariga tegishlidir. 🏅Zardo‘zlik buyumlarida odatda tayyorlangan sana ko‘rsatilmagan. Ammo Amir Haydar (1800–1826) davrida tikilgan mahsi ustida 1224 hijriy (taxminan 1809–1810 yillar) sanasi qayd etilgan bo‘lib, bu juda noyob holat hisoblanadi. 📊Amir Nasrullaxon (1827–1860) davrida ham ko‘plab zardo‘zlik namunalar yaratilgan va saqlanib qolgan. Keyinchalik Amir Muzaffarxon (1860–1885) zamonida Ark qal’asi hududida yirik zardo‘zlik ustaxonasi tashkil etilgan. Bu ustaxona qushbegi nazoratida bo‘lib, eng nozik va oliy darajadagi buyumlar shu yerda tayyorlangan. 📊Amir Abdulahadxon (1885–1911) hukmronligi davrida esa ustaxonalar soni ko‘payib, yirik markazlarga aylangan. Bu davrda zardo‘zlik buyumlariga bo‘lgan talab keskin oshgan: elchilar, zodagonlar va harbiy sarkardalar uchun tayyorlanadigan sovg‘alar hamda saroy bezaklari ushbu san’atning yanada rivojlanishiga xizmat qilgan. 🌍E’tiborlisi, har bir zardo‘zlik buyumi noyob bo‘lgan va hech qachon qayta takrorlanmagan. Bu esa ustalar o‘rtasida raqobatni kuchaytirib, yanada nafis, murakkab va hashamatli asarlarning yaratilishiga sabab bo‘lgan. ✨ Shu bois, bu davrda zardo‘zlar jamiyatda katta hurmatga sazovor bo‘lib, ayrimlari hatto saroy a’yonlari safiga kiritilgan. 📌Davomi bor... ✍️ O‘zbekiston xalq ustasi Baxshillo Jumaev hamda “Hunarmand “. uyushmasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova hamkorligida tayyorlandi. #Hunarmand#Zardozlik#Buxoro#MilliyMeros#Madaniyat ✅Faсebook|✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash

"Hunarmand" uyushmasi rasmiy sahifasi

@handicraftman · Post #54905 · 24/02/2026 04:51

#AtlasBayrami 🗓 2016 yil, 6–10 sentabr 📍 Marg‘ilan shahri ⚡️2016 yilda Marg‘ilanda II an’anaviy to‘qimachilik festivali – «Atlas Bayrami» o‘tkazildi. Mazkur festival UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Farg‘ona viloyati va Marg‘ilan shahar hokimliklari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Hunarmand uyushmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirildi. 📌Festivalning asosiy maqsadi — milliy to‘qimachilik an’analarini namoyish etish, yosh hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va soha rivojiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishdan iborat bo‘ldi. ➡️60 nafar dan ortiq hunarmand ishtirok etgan amaliy treninglar o‘tkazildi. Ular an’anaviy kashtachilik, tabiiy bo‘yoqlar, libos dizayni, marketing va kommunikatsiya yo‘nalishlarida bilimlarini oshirdilar. 🤝 Festival hamkorlaridan biri — Ucell kompaniyasi yosh hunarmandlar uchun ta’limiy va amaliy mashg‘ulotlarni qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, internet orqali mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqish bo‘yicha maxsus trening tashkil etildi. ✅9 sentabr kuni “O‘zbek tekstili va barqaror rivojlanish” mavzusida davra suhbat o‘tkazildi. Unda soha mutaxassislari sifat mezonlari va an’analarni asrash bo‘yicha takliflar ishlab chiqdilar. 📊Yosh dizaynerlar show-defilesida ularning ijodiy ishlari namoyish etildi. Haqamlar hay’ati tarkibida Bibi Russell ishtirok etdi. 📊Festival yakunida g‘olib hunarmandlar taqdirlandi va gala-konsert dasturi o‘tkazildi. 🇺🇿«Atlas Bayrami» nafaqat milliy matolarimizning go‘zalligini, balki xalqimizning boy madaniy merosini jahonga namoyon etuvchi muhim maydon sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. 📸 Foto: Xusniddin Ato 📝Material arkiv materiallari asosida tayyorlandi #AtlasBayrami#MilliyMeros#Hunarmandchilik#Margilan Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llas

"Hunarmand" uyushmasi rasmiy sahifasi

@handicraftman · Post #56200 · 22/04/2026 11:54

⚡️2026-yil 22-aprel kuni Buxoro davlat universitetida Yevropa Ittifoqining ALIPH fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Eco-friendly Approaches to Heritage Textile Production: A Model for Suzani and Embroidery” mavzusidagi xalqaro grant-loyiha doirasida ikki kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi. 🌍Mazkur tadbir “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi, Buxoro davlat universiteti, Respublika “Hunarmand” uyushmasi, Buxoro hunarmandchilikni rivojlantirish markazi hamda “Bahmal group” tekstil korxonasi hamkorligida tashkil etildi. 📊Seminar-trening Buxoro davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Abror Jo‘rayev hamda “Umrboqiy meros” markazi direktori Lutfiya Mirzayeva tomonidan ochib berildi. 📊Mashg‘ulotlar “Umrboqiy meros” markazi direktor o‘rinbosari, BuxDU professori Mehrinigor Axmedova hamda UNESCOning nomoddiy madaniy meros yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ekspertlari Harriet Deacon va Benedetta Ubertazzi ishtirokida olib borilmoqda. 🎖Seminar davomida milliy kashtachilik va so‘zanachilik an’analarini saqlagan holda ishlab chiqarish jarayoniga ekologik yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, madaniy merosni zamonaviy iqtisodiyot talablariga moslashtirish masalalari muhokama qilinmoqda. 🏅Tadbirda soha mutaxassislari, hunarmandlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etmoqda. Ushbu loyiha milliy qadriyatlarni asrash, ularni xalqaro miqyosda targ‘ib etish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. #BuxDU#xalqaroSeminar#milliyMeros#hunarmandchilik Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash

"Hunarmand" uyushmasi rasmiy sahifasi

@handicraftman · Post #56190 · 22/04/2026 11:50

⚡️O‘zbekiston xalq ustasi, mashhur zardo‘z Baxshillo Djumayev — milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylab kelayotgan ulug‘ ustalarimizdan biridir. ✨ 📌Uning qo‘l mehnati, nafis did va yuksak mahorat uyg‘unligida yaratilgan zardo‘zlik asarlari nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham katta qiziqish bilan qabul qilinmoqda. 📊Usta o‘z tajribasini yosh avlodga o‘rgatib, zardo‘zlik san’atini yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shmoqda. Uning aytishicha, haqiqiy hunar — bu qalb mehri va sabr bilan yaratiladigan san’atdir. 🎨 #zardozlik#xalqustasi#hunarmandchilik#milliymeros#ilhom Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash

Andijan Development Center

@adceducate · Post #10153 · 09/02/2026 06:31

Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi — Alisher Navoiy tavallud topgan kun ✨ Alisher Navoiy — o‘zbek xalqining faxri, o‘zbek adabiyotining asoschisi va bebaho ma’naviy meros egasi. Uning asarlari insonparvarlik, adolat, ilmga muhabbat va ona tilga hurmat ruhida tarbiyalaydi 📚 Bugun Navoiy nomi — donishmandlik, ma’naviyat va milliy o‘zlik timsolidir. Biz buyuk ajdodimiz xotirasini ehtirom bilan yodga olamiz va uning g‘oyalaridan ilhom olamiz. 🕊 Alisher Navoiy merosi avlodlarni birlashtirib, doimo ezgulik va ma’rifat yo‘lida xizmat qilsin. 📞 Telefon: +998742261078 📲 Telegram: @admofadc #AlisherNavoiy#Navoiy#MilliyMeros#Ma’naviyat #Adabiyot#Tarix