TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Linuxgram 🐧

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Sib kontenut simili

Kanal tas-sors @linuxgram · Post #17841 · Fra 19

📰 AI Helped Uncover A "50-80x Improvement" For Linux's IO_uring Linux block maintainer and IO_uring lead developer Jens Axboe recently was debugging some slowdowns in the AHCI/SCSI code with IO_uring usage. When turning to Claude AI to help in sorting through the issue, patches were devised that can deliver up to a "literally yield a 50-80x improvement on the io_uring side for idle systems." The code is on its way to the Linux kernel... 🔗 Source: https://www.phoronix.com/news/AI-50-80x-IO-uring #linux#kernel

Riżultati

1 post simili nstab

Tfittxija: #ozlem

当前筛选 #ozlem清除筛选
DiplomatKa

@Diplomatika · Post #261 · 27/03/2021 06:18

"OILA MUSTAHKAMLIGI VA VAKSINA DIPLOMATIYASI" 🧬🦠#Ozlem#Tyureji va #Ugur#Shahin - nemis vaksinasi muvaffaqiyatining ramzlari. Yorug'lik tezligida ("Lightspeed", ular o'z loyihasini 2020-yil yanvar oyining o'rtalarida shunday nomlashgan). Turmush qurgan juftlik, Maintsdagi Biontech kompaniyasining asoschilari, koronavirusga qarshi juda samarali va xavfsiz, ommaviy emlash uchun mos vaksinani ishlab chiqdilar. Ilgari vaksinalar yaratish uchun taxminan 10 yil vaqt ketar edi. Biontechga bir yildan kam vaqt kerak bo'ldi. 👩‍🔬🧑‍🔬Muhojir ishchining o'g'li va Turkiya fuqarosining qizi Ug'ur Shahin yoshligida ota-onasi bilan Turkiyadan Germaniyaga ko'chib borgan. 1992-yilda U'gur Shahin nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va Kyolnda universitet klinikasida shifokor sifatida ish boshladi. 1999-yilda Saar universitetining professori sifatida faoliyot olib borayotganida, u kelajakdagi rafiqasi, tibbiyot fakulteti talabasi, Istanbuldan Germaniyaga kelgan shifokorning qizi #Ozlem#Tyureji bilan uchrashadi. Ozlemning so'zlariga ko'ra, bolaligidan u shifokordan boshqa kasbni tasavvur qilolmagan. O'sha paytda u hali tadbirkorlik haqida o'ylamagan edi. Bugungi kunda O'zlem Tyureji universitetning ilmiy direktori va dotsenti. Biroq, 2001-yilda, to'ydan bir yil oldin, Ug'ur Shahin va O'zlem Tyureji, Mayntsga universitet klinikasida ishlash uchun ko'chib o'tib, saraton kasalligiga qarshi immunoterapiya dori-darmonlarini ishlab chiqarish maqsadida Ganymed Pharmaceuticals deb nomlangan birinchi biotexnologiya kompaniyasini tashkil etishdi. 2016-yilda ular uni 400 million yevrodan ko'proq pulga sotishdi va 2008-yilda hamkorlari bilan birgalikda Mayntsda tashkil etilgan BioNTech deb nomlangan ikkinchi kompaniyasida ishlashga e'tibor qaratishdi. 🔹 Firma asosan saraton kasalligiga qarshi individual immunoterapiya texnologiyalari va dori-darmonlariga ixtisoslashgan va bir qator taniqli Yevropa va Amerika farmatsevtika kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik qiladi. 🗣 "Biz vaksinani turli xil etnik kelib chiqishli va turli mintaqalaridagi odamlarda sinab ko'rishimiz kerak. Biz vaksinalarning ta'siri va yon ta'siri subyektlarning millatiga qarab juda katta farq qilmasligini ta'minlashimiz kerak", - dedi Ug'ur Shahin Euronews bilan suhbatda. Bizga obuna bo'ling 👉@Diplomatika