TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Lura għall-lista tal-kanali
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov avatar

TGINSIGHT CHAT

MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

@math_sulton

Education

Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)

Abbonati996Abbonati attwali
Postijiet immonitorjati1,009Għadd ta' postijiet indiċizzati
Raġġ reċenti11,690Somma tal-viżjonijiet reċenti
Postijiet reċenti

Postijiet reċenti

Paġna 1 minn 85 · 1,009 postijiet

Ippubblikat Nov 13

Har oyda bir marta jamoamiz a’zolari o‘rtasida olimpiada o‘tkazamiz. Olimpiadaga mehmon sifatida ustozlarni chaqirib turamiz. Bu oy bo‘ladigan olimpiadamiz 16-noyabr (yakshanba) kuni soat 08:00 da boshlanadi. Mehmon sifatida tashrif buyurishni istasangiz @MM_U_admin ga murojaat qiling (Murojaatlar 14-noyabr 14:00 ga qadar qabul qilinadi). Olimpiada haqida qisqacha ma’lumot. ➤ Savollar: 30 ta. [20 ta test 10 ta javob yoziladigan savol] ➤ Vaqt: 4 soat. ➤ Savollar abituriyent darajasidan qiyinroq bo‘ladi. Olimpiadadan olinadigan manfaatlar. ★ O‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazish. ★ Jamoamiz faoliyati bilan tanish. 😀 Olimpiadadan so‘ng doim choyxonaga boramiz (Agar xohlasangiz birga tushlik qilamiz). @MathMaster_Uz

739 views

Ippubblikat Aww 18

✨Sodiq School’dan siz kutgan yangilik! 🎓100% TA’LIM GRANTI asosida Sodiq School’da ta’lim olishingiz mumkin. Bilimingizni sinab ko‘ring va bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ling. 📚Imtihon fanlari: ▫️ Matematika ▫️ Ingliz tili ▫️ Tanqidiy fikrlash 📍Manzil: Sodiq School 🗓Sana va vaqt: 21-avgust, soat 10:00 💡P.S. Ijtimoiy yordamga muhtoj o‘quvchilar uchun murojaat qilish afzalroq. ⌛Vaqtni boy bermang! Bu sizning kelajagingizni o‘zgartiradigan imkoniyat bo‘lishi mumkin. 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Sodiqschoolgrant Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080 Bizni tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

1,030 views

Ippubblikat Ġun 5

⚽️Futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga ham ilk qadamlar qo‘yildi. 🎉Barchangizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz. Ajoyib matematikaustozlarimiz davrasida ushbu g‘alabani nishonladik. Karimjon Raximov Sardor Bazarboyev Davrbek Oltiboyev Abrorjon Farmonov Hasanhoja Muhammad Sodiq Shomirza Asqarov @MathMaster_Uz

1,140 views

Ippubblikat Ġun 5

✅ Math Master Uz 💡Sertifikat darajasi: A+ 🎤To‘plagan balli: 90,06 Jamoadagi lavozimi: Jamoa rahbari. @MathMaster_Uz

888 views

Ippubblikat Apr 20

Har oygi an’anaviy Olimpiadamiz! Bugun — 19.04.2025 Jamoamiz a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan 8-sonli Olimpiada bo‘lib o‘tmoqda! Olimpiada tafsilotlari: • Savollar soni: 30 ta (20 ta ochiq + 10 ta yopiq) • Ajratilgan vaqt: 4 soat Siz ham o‘z bilimingizni sinab ko‘rishga tayyormisiz? P.S. Navbatdagi olimpiadalarda online yoki offline qatnashishni xohlovchilar @MathMaster_Uz_Admin ga murojaat qilishlari mumkin. @MathMaster_Uz

1,060 views

Ippubblikat Apr 13

TOSHKENTDA XITOYLIKLAR KO‘PAYIB KETYAPTIMI? O‘zbekiston qizlar terma jamoasi ilk bor EGMO (European Girls’ Mathematical Olympiad) da qatnashishmoqda (1-rasm). Ularga omad tilaymiz! 2-rasmda EGMO 2024 natijalari ko‘rsatilgan. Jamoaviy 4 ta ishtirokchi 168 ball to‘plash mumkin. 1-o‘rin. USA 151 ball (🥇🥇🥇🥇). 2-o‘rin. AUS 143 ball (🥇🥇🥇🥇). 3-o‘rin. CHN 141 ball (🥇🥇🥇🥈). P.S. 2-rasmdagi qizlarning deyarli hammasi, sizga ham XITOYLIKLARGA o‘xshab ko‘rinyaptimi? :) Xulosa: Yaxshi emas,juda yaxshi o‘qishimiz va o‘qitishimiz kerak. @MathMaster_Uz

1,010 views

Ippubblikat Apr 11

Terence Tao matematika bilan shug‘ullanmaganda… • Google xaritalar yo‘nalishni hisoblab bera olmasdi — chunki yo‘llar orasidagi eng qisqa masofani topish algoritmlari, analitik va kombinatorik usullar asosida yaratilgan. Tao bu yo‘nalishlarga katta hissa qo‘shgan. • 5G internet, WiFi va signal uzatish texnologiyalari uncha samarali bo‘lmasdi — ular matematikadagi garmonik tahlil va to‘lqinlar tenglamalariga tayangan, bu sohalarda Terence Tao yetakchi bo‘lgan. • Sun’iy intellekt (AI) va mashinali o‘rganish modellari kamroq aniq ishlardi — chunki bu algoritmlar uchun katta hajmdagi ma’lumotlarni matematik jihatdan tahlil qilish kerak, Tao o‘z ishlarida bu jarayonni sodda va samarali qilishga yordam bergan. • Kriptografiya (ma’lumotlarni kodlash) kamroq xavfsiz bo‘lardi — bu soha sonlar nazariyasiga tayanadi, u esa Tao kashfiyotlarisiz kamroq rivojlangan bo‘lardi. • SpaceX yoki NASAning kosmik missiyalari ehtimol xatolarga uchrardi — chunki raketalar harakati, orbitalar va aerodinamika xususiy hosilali tenglamalar orqali hisoblanadi, bu esa Tao ishlarining markazida bo‘lgan. • Hatto TikTokdagi videolarga ishlatilayotgan audio-frekvensiyalar ham to‘g‘ri ishlamasdi — sababi bu ham to‘lqinlar tahliliga bog‘liq, bu esa Tao o‘rgangan soha. @MathMaster_Uz

889 views

Ippubblikat Apr 10

Ustozimiz Karimjon Rahimov bilan yana bir ajoyib suhbat! Hurmatli matematika o‘qituvchilari, imkon qilsangiz, o‘quvchilaringizni ushbu ko‘rsatuvlarni ko‘rishga rag‘batlantirishingizni so‘rab qolamiz. O’quvchilar tomonidan beriladigan, “Matematika o‘zi nimaga kerak?” savolga matematika bilimlarini amaliyotda qo‘llayotgan insonning javobini eshitish o‘quvchilarimiz uchun albatta boshqacha ilhom bag‘ishlaydi. Agar siz matematika fani o‘qituvchisi bo‘lsangiz, hatto oliy matematikani to‘liq tushunmasangiz ham, ushbu ustozni diqqat bilan kuzating. Chunki siz dars berayotgan o‘quvchilaringiz orasida ham kelajakda matematikani aynan amaliyotda qo‘llaydigan yoshlar yetishib chiqishi mumkin. Ustozning so‘zlari ko‘pchilik uchun kuchli motivatsiya bo‘lishiga ishonamiz. @MathMaster_UZ

562 views

Ippubblikat Apr 9

#cambinatorika 📌Jamoamizda har oy bir marta olimpiada tashkil etiladi. 🔹[C1] masala. 2024-yil 3-olimpiada, 31-savol. ✍️ Yechimlar: Yechim_1– jamoamiz a’zosi Davron Obilovtomonidan taklif qilingan. Yechim_2 – jamoamiz a’zosi Shomirza Asqarov tomonidan ishlab chiqilgan. U yechimga yuqorida keltirilgan [C2] masalani tahlil qilish orqali yetib borgan. 🎯Masalani o‘zingiz mustaqil yechib ko‘ring. @MathMaster_Uz

627 views

Ippubblikat Apr 7

TUB SONLAR OID SAVOLLAR [10 ta] 📢Albatta, tub sonlar mavzusiga oid bilimingizni sinab ko‘ring! 🧠 [Matematikani yaxshi biladigan tanishingizning bilimini sinab ko‘rsangiz ham bo‘ladi 😉] @MathMaster_Uz

740 views

Ippubblikat Mar 29

NBS va NBY haqida muhokama Hozirda abituriyentlarni tayyorlash jarayonida eng ko‘p foydalanilayotgan IDC kitoblarining 1-qismi, 4-mavzusida bu mavzu batafsil yoritilgan. Shuningdek, Axborotnoma (1996–2007) to‘plamining 1.1.4-mavzusida NBS ga oid ba’zi misollar uchraydi. Ko‘pchilik ustozlar ushbu mavzuni tushuntirishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin, deb o‘ylayman. Keling, shu mavzuni muhokama qilib ko‘ramiz. Menda ba’zi savollar bor: 1. NBS topishda nega aynan darajasiga 1 qo‘shib ko‘paytiramiz? Agar 2 qo‘shsak bo‘larmidi? Nega aynan ko‘paytirish kerak? Bu savolni o‘ylab ko‘rish muhim. 2. NBY formulasi nega aynan shu shaklda? Uni eslab qolish o‘zi alohida masala. Ushbu formula qanday kelib chiqqanini tushuntirish uchun ko‘phadlarning ayrim xossalari va geometrik progressiyaning n ta hadi yig‘indisi formulasidan foydalanamiz. ⸻ Tahlil: Rasmdagi 1-ko‘phad haqida: a) Bu ko‘phadda necha had bor? b) Ushbu ko‘phadni tashkil qilgan birhadlar, 2-birhadning bo‘luvchilari desam, ishonasizmi? c) 1-ko‘phadni geometrik progressiyaning yig‘indi formulasidan foydalangan holda soddalashtira olasizmi? Rasmdagi 3-ko‘phad haqida: a) Ushbu ko‘phadda necha had bor? b) 3-ko‘phadda qavslarni ochgandan keyin hosil bo‘lgan birhadlar, 4-birhadning bo‘luvchilari desam, bunga ishonasizmi? c) 3-ko‘phadni geometrik progressiyaning yig‘indi formulasidan foydalangan holda soddalashtira olasizmi? ⸻ Endi yuqoridagi fikrlarni NBS va NBY formulalariga qanday aloqasi borligi haqida o‘ylab ko‘ramiz. Bu orqali formulalar nega aynan shunday shaklda ekanini tushunishimiz mumkin. Xulosa O‘quvchilarga NBY topishni formula orqali emas, balki rasmdagi 3-xolat asosida tushuntirish eslab qolish va misollarda qo‘llashni ancha osonlashtiradi. Misol: 12 = 2^2 * 3^1 NBY(12) = (2^2 + 2^1 + 1) * (3^1 + 1) = (4 + 2 + 1) * (3 + 1) = 7 * 4 = 28 ⸻ Fikrlaringiz va isbotlaringizni izohlarda qoldiring! 📌@MathMaster_Uz

935 views

Ippubblikat Set 22

E’lon Bizda - matematika fani ustozi (10-15 mln) (Dush-Juma : 09:00-17:30) - matematika fani yordamchi ustozi (4-6,5 mln) (Dush-Juma : 15:00-19:30) bo’sh ish o’rni mavjud "Sodiq school"ning ahil jamoasiga qoʻshilish va samimiy muhitda ishlash imkoniyatingiz bor. Yaxshi ish haqi va muhitdan tashqari quyidagi qoʻshimcha bonuslar ham sizniki: – bepul tushlik va tolma choy; – farzandingizning maktabimizdagi ta’limi uchun 50% chegirma; – bepul treninglar. Buni to’ldiring

2,070 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
PreċedentiPaġna 1 minn 85Li jmiss