TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov avatar

TGINSIGHT POST

Post #8187

@math_sulton

MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

Viżjonijiet935Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatMar 2929/03/2025 18:19
Kontenut

Kontenut tal-post

NBS va NBY haqida muhokama Hozirda abituriyentlarni tayyorlash jarayonida eng ko‘p foydalanilayotgan IDC kitoblarining 1-qismi, 4-mavzusida bu mavzu batafsil yoritilgan. Shuningdek, Axborotnoma (1996–2007) to‘plamining 1.1.4-mavzusida NBS ga oid ba’zi misollar uchraydi. Ko‘pchilik ustozlar ushbu mavzuni tushuntirishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin, deb o‘ylayman. Keling, shu mavzuni muhokama qilib ko‘ramiz. Menda ba’zi savollar bor: 1. NBS topishda nega aynan darajasiga 1 qo‘shib ko‘paytiramiz? Agar 2 qo‘shsak bo‘larmidi? Nega aynan ko‘paytirish kerak? Bu savolni o‘ylab ko‘rish muhim. 2. NBY formulasi nega aynan shu shaklda? Uni eslab qolish o‘zi alohida masala. Ushbu formula qanday kelib chiqqanini tushuntirish uchun ko‘phadlarning ayrim xossalari va geometrik progressiyaning n ta hadi yig‘indisi formulasidan foydalanamiz. ⸻ Tahlil: Rasmdagi 1-ko‘phad haqida: a) Bu ko‘phadda necha had bor? b) Ushbu ko‘phadni tashkil qilgan birhadlar, 2-birhadning bo‘luvchilari desam, ishonasizmi? c) 1-ko‘phadni geometrik progressiyaning yig‘indi formulasidan foydalangan holda soddalashtira olasizmi? Rasmdagi 3-ko‘phad haqida: a) Ushbu ko‘phadda necha had bor? b) 3-ko‘phadda qavslarni ochgandan keyin hosil bo‘lgan birhadlar, 4-birhadning bo‘luvchilari desam, bunga ishonasizmi? c) 3-ko‘phadni geometrik progressiyaning yig‘indi formulasidan foydalangan holda soddalashtira olasizmi? ⸻ Endi yuqoridagi fikrlarni NBS va NBY formulalariga qanday aloqasi borligi haqida o‘ylab ko‘ramiz. Bu orqali formulalar nega aynan shunday shaklda ekanini tushunishimiz mumkin. Xulosa O‘quvchilarga NBY topishni formula orqali emas, balki rasmdagi 3-xolat asosida tushuntirish eslab qolish va misollarda qo‘llashni ancha osonlashtiradi. Misol: 12 = 2^2 * 3^1 NBY(12) = (2^2 + 2^1 + 1) * (3^1 + 1) = (4 + 2 + 1) * (3 + 1) = 7 * 4 = 28 ⸻ Fikrlaringiz va isbotlaringizni izohlarda qoldiring! 📌@MathMaster_Uz