TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov avatar

TGINSIGHT POST

Post #6851

@math_sulton

MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

Viżjonijiet1,740Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatĠun 1919/06/2021 06:21
Kontenut

Kontenut tal-post

Kecha bir shogirdimiz kelib xushxabar aytib qoldi. Sizlarga ham ilindim. Amerikadan 92000$ grant yutib olibdi. Umumiy hisobda 10 ta institutdan òziga ma'qul bòlganini tanlamoqda (e'tibor bering, tanlayabdi, majburiy bittasiga kirmayapti). Qiziģi bu institutlarning barchasi TOP lar ròyhatiga kiradi. Juda xursand bòldim. Ukalarim, sizlarga samimiy maslahatim shuki, òzingizni ozgina qiynab bòlsa ham 2 yil kerakli ilmni òrganing, dunyoning manaman degan institutlari sizga òz eshigini ochadi. Bu aslo qiyin ish emas. Boshi rohat oxiri mashaqqat bòlgan ishdan, boshi mashaqqat oxiri rohat bòlgan ishni tanlang, faqat shundagina yutasiz. Insha Alloh, shu yaqin ikki yilda TOP-10 likni tashkil qilgan MIT, Garvard, Oxford, Cambridge, Yell, Stenford, California, Columbia, Chicago, Princeton kabi institutlarni zabt etamiz. Oz qoldi. Balki bu siz bòlarsiz. Bu mavzuga yana qaytaman. Salomat boling.. P.s. Bu shogirdimiz bilan kòp shuģullana olmadik (1 oycha). Agar kòproq shuģullana olganimizda, shubham yòqki yuqorida sanagan instutlarga kira oladigan potensiali bor. Balki shunisi hayrli bòlgandir. Nima bòlganda ham bu sizga bir ibrat bolsin.