TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov avatar

TGINSIGHT POST

Post #6855

@math_sulton

MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

Viżjonijiet2,290Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatĠun 2121/06/2021 04:00
Kontenut

Kontenut tal-post

​​Genri Ford hikmatlari. — Muvaffaqiyatli insonlar boshqalar behuda sarflayotgan vaqtdan foydalanib olg‘a boradilar. — Pulni tejash yoki jamg‘arishni o‘rganish tuturiqsiz odat. Yaxshisi bolaga pulni tejash emas, to‘g‘ri xarajat qilish sirlarini o‘rgatish kerak. Yoshlarda saqlab qo‘yish emas, sarf qilmoq kayfiyatini uyg‘otish maqsadga muvofiq. — Pulga ochlik qancha yuqori bo‘lsa, unga yetish imkoni shu qadar pasayib boradi. Ammo agar jamoatchilikning fikri bilan hisoblashib, to‘g‘ri yo‘lda ekaningni anglab, bundan zavqlanib ishlasang, pulni o‘zi seni izlab keladi. — Pulning bo‘lishi rad etib bo‘lmas zarurat. Ammo unutmaslik lozimki, odamlarga xizmat ko‘rsatish vositalarini ko‘paytirishni emas, pulni maqsad qilib boshlangan ish – bekorchilikdir. Men bekorchilikda yashalgan umrdan-da jirkanchliroq boshqa biror nima yo‘q deb hisoblayman. Oramizdagi hech bir inson bekor yashash huquqiga ega emas. Taraqqiyot jarayonida tekinxo‘r, bekorchixo‘jalarga o‘rin yo‘q. — Ko‘p insonlar bardosh qilish o‘rniga voz kechib qo‘ya qoladilar. — Odamda har doim ikki xil sabab bo‘ladi. Birinchisi haqiqiy sabab, ikkinchisi esa chiroyli eshitiladigan sabab. — Kichik bo‘laklarga bo‘lib bajarilgan har qanday ish notugal bo‘lib ko‘rinmaydi. — Olamdagi eng mashaqqatli ish – o‘z shaxsiy boshingdan idrok qilish uchun foydalanish bo‘lsa kerak. Ehtimol, shu sabab ham kamdan-kam inson bu ish bilan shug‘ullanadi. — Agar 4 dollar pulim qolgan bo‘lganida, men uning 3 dollarini reklamaga sarflar edim. — Barcha ishni cho‘zib yurgandan uni tugal qilib amalga oshirish osonroq. — Sifat, bu – hech kim e’tibor bermayotgan mahalda ham muayyan ishni bekami-ko‘st bajarish degani. — Mening muvaffaqiyati siri – boshqa bir insonning nuqtayi nazarini anglay olishim, mohiyatga uningdek va uning qarashi bilan yondasha olishimga bog‘liq. — Kechaning o‘tmish ekanligini tushunmaydigan, har kuni tongda kechadan qolgan g‘oyalarning ini bo‘lgan kalla bilan uyg‘onadigan insonlar hamma joyda topiladi. — Mag‘lubiyat – bu barchasini yangidan, ammo aql bilan boshlash degani. Modomiki adolatli muvaffaqiyatsizlik ekan, uyalish uchun hech bir asos yo‘q. Ammo yana muqavaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish – chinakam uyat. @iksvariant