TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov avatar

TGINSIGHT POST

Post #6900

@math_sulton

MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

Viżjonijiet2,990Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatLul 1515/07/2021 00:12
Kontenut

Kontenut tal-post

“Talaba bo‘lish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Binobarin, raqobat kuchli, yil sayin talaba bo‘lishni maqsad qilganlarning soni ortib bormoqda. Shu bilan birga, abituriyent Allohga tavakkul qilishi hamda ota-ona, ustoz va yaqinlarining duosi olishi ham lozim. Shogirdlarimga ushbu duolarni yodlab olishni, har tongda uni takrorlab yurishni tavsiya qilaman. Sizlarga ham ilindim. “Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri". Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin. “Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohu qovliy" (Toho, 25-28). Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar. “Robbi zidni ilman va fahman". Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir. “Muhimi, qalbda – ilm egallash hamda bu ilmi ila Vatani, xalqi, oilasi xizmatida bo‘lish niyati bo‘lsin. Ilm olish niyatda bo‘lgan barcha abituriyentlar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlarini Yaratgandan so‘rab qolaman.