Kontenut tal-post
"SAT imtihoni va TOP 100 ta oliygohga grant yutish sirlari" trening premyerasi 🎯 "Cambridge" o'quv markazidan yoshlar uchun yana bir foydali va uzoq kutilgan trening premyerasini kutib oling. Bu safargi trening SAT bo'yicha mutaxassis va ekspert Hasanxo'ja Muhammad Sodiq tomonidan "SAT imtihoni va TOP 100 ta oliygohga grant yutish sirlari" mavzusida bo'lib o'tdi. Trening mobaynida quyidagi dolzarb mavzularga javob berib o'tildi: ✅ SAT imtihoni o'zi nima, qanday topshiriladi, imtihon jarayoni qanday bo'lishi haqida; ✅ SAT imtihonidan yuqori ball olib, oliygohga kirish uchun maslahatlar; ✅ Chet el oliygohlariga grant yutish yo'llari; ✅ Universitetga kirishdagi asosiy 5 ta qadam; ✅ Matematika fanini barcha o'rgana oladimi?; ✅ Imtihonga tayyorlanishdagi dangasalikni qanday qilib yengish mumkin? Treningni tomosha qilib bo'lganingizdan so'ng, SAT imtihoni haqida batafsil foydali ma'lumotlarga ega bo'lasiz va imtihon topshirish uchun kerakli maslahatlar sizning kelajagingizga va fikrlash doirangizga ijobiy ta'sir qilishi aniq. Trening premyerasi bugun soat 20:30 da Cambridge YouTube sahifasida bo'lib o'tadi. 🔗Premyera uchun havola:https://youtu.be/eek7LRUJZYk