TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov avatar

TGINSIGHT POST

Post #7089

@math_sulton

MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

Viżjonijiet1,900Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatOtt 101/10/2021 06:21
Kontenut

Kontenut tal-post

Muhtaram ustoz va murabbiylar! Qadrli faxriylar! Avvalo, siz, azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu qutlug‘ ayyomda siz, zahmatkash ustozlarga ko‘nglimizda, yuragimizda bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni so‘z bilan to‘liq ifoda etish qiyin, albatta. Chunki sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga bezavol yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz. Bu ulkan boylik – aql-zakovat va ilm, bu o‘lmas meros – yaxshi tarbiyadir. Shu bois bugun sizlarning sha’ningizga bildirayotgan olijanob istaklarimiz, ta’zim va tashakkurlarimizni butun el-yurtimizning cheksiz hurmat va ehtiromi ramzi sifatida qabul etgaysiz. @iksvariant