Kontenut tal-post
Optimist va pessimist Oilada egizaklar voyaga yetardi. Ulardan biri juda optimist edi. “Hammasi yaxshilikka boʻladi”, deyishni kanda qilmas, biror narsadan norozi boʻlmasdi. Ikkinchi bola pessimist boʻlib, hech narsa uni xursand qilolmasdi. Egizaklarning ikki xil holatidan xavotirlangan ota-onasi ularni ruhshunosga olib boribdi. Bolalarning dunyoqarashini oʻrgangan ruhshunos shunday debdi: — Ularning tugʻilgan kunida bir reja uyushtiring. Ikkisiga atalgan sovgʻani alohida-alohida topshiring. Pessimist bolaga eng yaxshi tuhfani, optimist esa jirkanch bir narsa sovgʻa qiling. Balki shunda ularning feʼl-atvorida oʻzgarish yuz berar… Ota-ona maslahatga amal qilib, tugʻilgan kunni intiq kutishibdi. Oʻsha kun kelgach esa ikkisini alohida xonaga chaqirib, sovgʻa solingan qutilarni uzatishibdi. Soʻng esa… — Bu kompyuterning rangi menga yoqmadi, — debdi pessimist bola. — Aniq bilamanki, koʻpga yetmay buziladi. Oʻyinlari ham yoʻq ekan… Egizagim hoynahoy mendan yaxshiroq sovgʻa olgan boʻlsa kerak-a?! Shu payt optimist bolaning xonasidan qah-qaha eshitilibdi: — Qanday yaxshi! Tezak toʻla quti! Demak, qayerdadir tulporim ham bor! LINK👉@iksvariant kanaliga ulaning!