Kontenut tal-post
HAYOTIY IBRAT Aspirant va talaba qiz oʻgʻilli boʻlishdi. “Oʻzimiz zoʻrgʻa yashayapmiz, boqolmaymiz”... Bir toʻxtamga kelishib, bolani “vasiylik” idorasiga berib kelishdi. Goʻdakni esa tezda boshqa oila asrab oldi. Juftlikning ikkinchi farzandlari- qizi tugʻilganda moddiy tanglik birmuncha yoʻqolgan edi, lekin birga yashay olishmadi. Er xotini va qizini qoldirib, uydan chiqib ketdi. Shu boʻyi universitetdan ham ketib, oʻzini pul topishga urdi. Moʻmay daromad ilinjida har qanday ishni qildi. Ayol esa qizi bilan qiynalib boʻlsada yashay boshladi, bahti ochilib qaytadan boshqa odamga turmushga chiqdi, yaxshi odam ekan- qizchani ham oʻz familiyasiga oldi. Asrandi bola ham, qizcha ham ulgʻayishdi. Ayniqsa oʻzga oilada, mutlaqo boshqa odamlarni “ota-onam” deb ulgʻaygan bolaning ham hayoti tekkis ketmadi, tirishdi- tirmashdi, biznesda vanihoyat omadga erishdi. Shunday kunlarning birida asrab olgan onasi vafot etish oldidan unga eng katta sirni “asl ota-onasi boshqa odamlar” ekanligini aytdi. Motamdan soʻng yigitcha ancha oʻylandi, vanihoyat asl ota-onasini topishi kerakligini tushundi. Qidiruv bilan shugʻullanadigan agentlarga murojaat qilarkan, ularning “nima uchun ularni topmoqchisiz?” deb bergan joʻyali savoliga shunday deb javob berdi: -Meni abort qilib yubormaganliklari uchun ularga rahmat aytmoqchiman!!! Qidiruvlar natijasida avval onasini va singlisini topdi. Oʻttiz bir yildan soʻng uchratgan onasiga oʻz “rahmat” ini aytganda, ona oʻzini tutib tura olmadi, oʻgʻlini bagʻriga bosishga jurʼati yetmay, oʻksinib uzoq yigʻladi... Singlisi bilan ham ancha til topishib oldi. -Otamni ham qidirib topmoqchimisiz?- deb savol berdi singlisi... -Keyinroq, hali bunga tayyor emasman- deb javob berdi akasi. Qiz bola-da, otasini oʻzi qidirib topmoqchi boʻldi, uzoq qiyinchilikdan soʻng u haqidagi maʼlumotlarni qoʻlga kiritdi: otasi hozirda- kichkinagina tamaddixonaning xoʻjayini ekan. Qiz chiroyli kiyinib, koʻrsatilgan tamaddixonaga kirib bordi. Tamaddixona xoʻjayini-yaʼni otasi unga peshvoz chiqdi, qizni kibor xonimlardan deb bilib mulozamat qilgan boʻldi: -Ohirgi paytlar, tamaddixonam nozik mehmonlar tez-tez tashrif buyuradigan goʻshaga aylanib boryapti, bundan kamina juda hursandman, kim oʻylabdi deysiz, bu yemakxonaga shunaqa mashhur odamlar tashrif buyuradi deb... Qiz ajablanib savol berdi: -Masalan kimlar tashrif buyurib turadi bu yerga?! - Mashhur milliarder Stiv Jobs kunda- kunora shu yerga kelib kofe ichib ketadi- deb maqtandi yemakxona xoʻjayini... Qiz shu yerda ortiq jim tura olmadi: -Bilasizmi aslida Stiv Jobs kim?! U sizning oʻgʻlingiz boʻladi, men esa qizingiz... Bir umr pul dardida oʻzini oʻtdan-choʻqqa urgan, bolalarini “boqolmasligi” sababli tashlab ketgan otaning ogʻzi lang ochilib qoldi. Ha... Bu oʻsha mashhur Apple kompaniyasining asoschisi, suriyalik aspirant Abdulfattoh Jandali va nemis millatiga mansub talaba qiz Joan Shiblening farzandi, Pol Jobsning asrandi oʻgʻli, dunyoni oʻzgartirib yuborgan uchinchi olmaning egasi- Stiv Jobsning achchiq hayotidan bir lavhalar edi. LINK👉@iksvariant kanaliga ulaning!