TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kontenut
Kontenut tal-post
#Lirik_chekinish -Eng go'zal narsa nima? -Odam. Chunki uni Alloh taolo yaratdi. -Eng tez narsa nima? -Aql. U hamma narsani ortda qoldiradi. -Eng dono-chi? -Vaqt. Chunki yolg'iz vaqtgina hamma narsani oydinlashtiradi. -Barcha uchun eng umumiy narsa nima? -Umid. Chunki u hech vaqosi yo'qlarda ham bor. -Eng kuchli narsa nima? -Zaruriyat. Chunki u hamma narsaning ustidan hukmronlik qiladi. -Eng qiyin narsa nima? -O'zlikni anglash. -Eng oson narsa-chi? -Boshqalarga maslahat berish. -Kimni baxtli sanash mumkin? -Jismonan sog'lom, ruhan hotirjam va o'z iste'dodini tarbiyalay olgan kishini. -Baxtsizlikka dosh berishning oson yo'li nima? -G'animlarning sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh bo'lish.