#davomi
🔊OpenAI ChatGPT uchun ovozni kuchli tarzda yangiladi
Yangi yangilanishda ilova qabul qilindi:
- Beshta yangi ovoz.
— Yaxshilangan aksanlar, ravonlik va nutq tezligi .
- 50 dan ortiq tilda "Kechirasiz, kechikdim" deyish qobiliyati. Xalqaro kompaniyalarda uzoqdan ishlaydigan ishchilar xursand.
Yangilanish shu hafta oxirigacha chiqariladi, barcha funksiyalar Plus obunasi bilan ishlaydi.
@djemilovdesigner
#davomi
MO'HSEN NOMJU
Ma'lumki Nomjuning asarlari "Talfiq", ya'ni bir-biriga uzviy bog'liq deb nomlanadi.
Xorijiy ohang bilan eroniy musiqadagi turli uslublar talfiqi, mumtoz she'riyat bilan o'zi tomonidan yaratiladigan she'rlar o'rtasidagi talfiq (☝🏻 demak, Mo'hsen akaning o'zlari ham she'r yozarkanlar - tarjimon). Uning musiqalarida rok uslubiga xos bo'linmalar, sonata, bliz, jaz, shuningdek, mahalliy ohanglarni ham topa olasiz. Qo'shiqlarni ijro etishda noan'anaviy ohanglardan foydalanish hamda Jomiy, Hofiz, Mavlaviydan tortib, zamonaviy shoirlarning she'rlaridan bahramand bo'lish hamda oddiy ko'cha tilidagi xirgoyilari Mo'hsen ijodining o'ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi.
Mo'hsen Nomju o'z faoliyati davomida 80 dan ortiq qit'a (alohida musiqiy janr) bastalab, ularni albom ko'rinishida norasmiy ravishda nashr qilgan.
Nomjuning aytishiga qaraganda, Talfiqiy (chog'ishtirma) yo'nalishda ijod qilishiga eng ko'p turtki bo'lgan sabablardan yana biri uning Mashhad, keyinchalik Tehrondagi metro yo'laklaridagi guruhlarga qo'shilib ashula aytib yurganligi edi. Jumladan, "Mod" guruhi va "Persovus" guruhlarini alohida ta'kidladi.
Uning eng yaxshi qo'shiqlaridan biri bo'lmish — "Begu-begu" (Aytgin, aytgin) 2004-yili Erondagi tantanalarning birida aytildi va xit bo'ldi.
Mo'hsenning "Shaydo qushi" nomli mellodiyasi Devim Buveyning "Dunyoni aldagan kimsa" mellodiyasidan ijodiy foydalanilgan, shuningdek, xuddi shunday tarona qo'shiqchi Dobud Maqomiyda ham shu nomda mavjud.
Mo'minzoda tarjimasi
Fors tilida eshitish: 👇🏻👇🏻👇🏻
#davomi
***
“Tush” nomli sheʼr tushlarimga yana kirdi. Usmon Azimga qattiq bogʻlandim. Undagi voqealar har kuni men bilan sodir boʻladi. Oxirgisi kechagina boʻldi: avval koʻchada hamyon topib olgan kishini, sal oʻtmay uni yoʻqotgan kimsani uchratdim. – Balki men yagona guvohdirman, – degan oʻy kechdi. Yoʻlimdan qolmadim.
Sheʼrni oʻqisam, aybdorni aniq topaman. Gunohkorni jazoga tortishdi. Dor. Hukm ijro etilar chogʻ, lirik qahramon sahnaga otilib chiqadi. Jalloddan mahkumning oʻrniga oʻzini qatl etishlarini soʻrayveradi.
– Zarra gunohing yoʻq-ku”, – deydi ijrochi. Takror soʻrogʻiga takror rad etiladi. Soʻnggida iqror yangraydi:
Aybsizligim – bir oʻlimga teng,
Men uchun ham jallod dor qurgin.
Hamma gunoh qildi – koʻrdim men,
Hamma gunoh qildi – jim turdim.
Negadir shu sheʼrda haqiqiy inson boʻlib yashash baxtini tuyaman. Koʻz yumaveramiz – nohaqliklar sodir boʻlaveradi. Xulosa chiqarish ogʻirdan ogʻir...
Chin asargina inson tafakkuridagi richaglarni toʻxtovsiz harakatga keltira oladi. Vijdonni har lahza soʻroq qiladi. Oʻzni boʻlmagʻur mashgʻulotlar bilan chalgʻitish, ovutish abas ekanini anglatadi.