Kontenut tal-post
#foydali Rim raqamlari mavzusi ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'lganligi tufayli ba'zi tushuntirishlar ham berib o'tishni lozim topdik 😊 Rim raqamlari Rim raqamlari — qadimgi rimliklar qoʻllagan raqamlar. Quyidagi 7 ta raqam Rim raqamlari deb ataladi: I=1; V=5; X=10; L=50; C=100; D=500; M=1000. Ular yordamida natural sonlarni yozish mumkin. Rim raqamlarida yozilgan sonda kichik qiymatli raqam katta qiymatli raqamdan oʻngda tursa, ular qiymatlari qoʻshiladi (ketma-ket turgan teng raqamlar qiymatlari ham qoʻshiladi). Masalan, CV=100+5=105 LL=50+50=100. Agar sonda kichik qiymatli raqam katta qiymatli raqamdan chapda tursa, ular qiymatlari ayriladi. Masalan, VC=100–5=95. Agar kichik qiymatli raqam ikkita katta qiymatli raqam oʻrtasida kelsa, avval oʻrtadagi raqam qiymati oʻngdagi raqam qiymatidan ayriladi. Soʻng hosil boʻlgan ayirma birinchi raqam qiymatiga qoʻshiladi. Masalan, DXL=500+(50–10)=540. Rim raqamlarida yozilgan sonda bir raqamni ketma-ket koʻpi bilan uch marta yozish mumkin. Masalan, XX=10+10=20 – bu mumkin, XXX=10+10+10=30 — bu ham mumkin, XXXX — bu mumkin emas. 40 o'rniga XXXX emas, balki XL = 50 — 10 = 40 ko'rinishida yoziladi. Rim rаqаmlаri Itаliyadа XIII аsrgаchа, g’аrbiy Yevrоpаning bоshqа mаmlаkаtlаridа esа XVI аsrgаchа ishlаtib kеlingаn. P.s: Tug'ilgan yilingizni Rim raqamlarida yozib ko'ring😉 MCMXCIX-1999 👉@piramida_atm🇺🇿