TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Sib kontenut simili

Kanal tas-sors @math_sulton · Post #7472 · Jan 10

#mantiq @iksvariant🇺🇿

Hashtags

Riżultati

1 post simili nstab

Tfittxija globali ġenerali

Phd_Shopulatov

@phd_shopulatov · Post #4249 · 24/04/2022 20:49

#Qisqa_hikoya#Mantiq Xudoga ishonmaydigan sartarosh Bir sartarosh mijozning sochini olarkan, Xudo haqida gap boshladi: — Agar Xudo bo‘lsa, shuncha kasal odamlar qayerdan kelgan? Ota-onasiz bolalar, adolatsiz urushlar qayerdan? Agar U bo‘lganida edi, hech qanday qayg‘u va og‘riqlar bo‘lmasdi. Barchani sevadigan Xudo shunday ishlarga yo‘l qo‘yishiga ishonish qiyin. Shuning uchun shaxsan men Uning mavjudligiga ishonmayman. Shunda mijoz sartaroshga dedi: — Bilasizmi, dunyoda sartaroshlar yo‘q. — Qanaqasiga? — hayron bo‘ldi sartarosh. — Ulardan biri qarshingizda turibdi. — Yo‘q! — xitob qildi mijoz. — Sartaroshlar mavjud emas, aks holda hov anavi kishiga o‘xshagan soch-soqoli o‘sib ketgan odamlar bo‘lmasdi. — Axir gap sartaroshlarda emas-ku! Shunchaki ular sartaroshga borishmaydi. — Hamma gap ana shunda! — dedi mijoz. — Xudo bor. Faqat odamlar Unga intilishmaydi. Shuning uchun dunyoda qayg‘u va og‘riqlar ham bor. @matematikadan_milliy_sertifikat