Kontenut tal-post
Foundationimtihoni haqida katta masshtabli suhbat Dasturlashga birinchi qadam vazifasini bajaruvchi Foundation bosqichi va unga kirish imtihonlari yoʻlga qoʻyilganligidan xabaringiz bor. Bu sinov barchani bir vaqtda oʻqita olmasligimiz va sohaga potensiali bor yoshlarni saralab, ularga sifatli taʼlim berish maqsadida joriy qilinganligi ham sizlar uchun sir emas. 🎙 Ushbu bosqich imtihoni haqida markazimiz asoschisi Temurbek Adhamov, dasturlash kursi katta ustozlari va SAT boʻyicha mutaxassis — Hasanxoʻja Muhammad Sodiqlar bilan ovozli chat oʻtkazishga qaror qildik. 📌 Suhbat bugun — 15-yanvar soat 20:00 da bo'lib o'tadi. Ushbu ovozli muloqot orqali nega markazdagi kurslar uchun navbat bilan imtihonlar joriy qilinayotgani, sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtish uchun foydali omillar va boshqa koʻplab savollarga batafsil javob berib oʻtish koʻzda tutilgan. Agar sizda ham o'zingizni qiziqtirayotgan savollar mavjud bo'lsa, ushbu jonli suhbatning o'zida ularga javob olishingiz mumkin. Savollarni tayyorlab qo'yaverasiz. 😉 👉 Ovozli suhbatda ishtirok etish: https://t.me/najottalim?livestream 23-yanvar kunidagi Foundation bosqichi uchun kirish imtihonlariga qabul davom etmoqda. 👉Foundation bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish 🧑🏻💻 Administratorga yozish 📞 Tel: +998712001123