Kontenut tal-post
⚡️ Yangi o‘quv yilidan boshlab, viloyat markazlaridan, katta shahar va tumanlardan 2 tadan, tuman va shaharlardan 1 tadan ixtisoslashgan maktablar Xalq ta'limi vazirligidan Prezident ta'lim muassasalari agentligiga o‘tkaziladi. Davlatimiz rahbari ixtisoslashgan maktablar faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, bunday maktablarda: - o‘quvchilar xalqaro ta'lim dasturlari asosida zamonaviy o‘quv darsliklari bilan ta'minlanadi; - 9-sinfga kelib o‘quvchilar kamida 1 ta xorijiy til bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikat olishlari ta'minlanadi; - yuqori sinf o‘quvchilarining bevosita korxonalarda amaliyot o‘tashi tizimi joriy qilinadi; - maktablarga ixtisosligidan kelib chiqib Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliygohlarning kafedralari biriktiriladi. "Umuman, ixtisoslashgan maktablar ta'lim, ilm va amaliyotni o‘ziga qamrab olgan yagona klaster doirasida faoliyat yuritishi kerak", dedi Prezident. 👉@iksvariant🇺🇿