Kontenut tal-post
Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra 👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha: Ona tili(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Matematika - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball. - - - 👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha: 1-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 3,1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. 2-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 2,1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball. - - - Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi. Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube