#operatsion_tizim
🗜WinRAR yordamida faylni qismlarga bo‘lish
Ba’zida katta faylni biror joyga, masalan, elektron pochta, Telegram va boshqa xizmatlar orqali yuborish uchun bir xil o‘lchamdagi bir nechta qismga bo‘lishga to‘g‘ri keladi. WinRAR ushbu vazifani a’lo darajada bajaradi.
Buning uchun bajariladigan qadamlar quyidagicha:
1️⃣. Kerakli fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Добавить в архив…” bandini tanlang.
2️⃣. “Общие” varaqa (вкладка)sidagi “Разделить на тома размером” maydonida joriy fayl ajratilishi lozim bo‘lgan qismlar hajmini kiriting.
3️⃣. O‘z soningiz va o‘lchov birligingizni kiriting (bayt, kilobayt, megabayt yoki gigabayt), yoki ochiluvchi ro‘yxatda keltirilgan eng mashhur qiymatlar orasidan birini tanlang.
4️⃣. “OK” tugmasini bosish orqali yuqoridagi harakatlaringizni tasdiqlang.
Agar arxivlash oynasidagi parametrlarda ushbu arxivning saqlanish joyini uchun manzilni o‘zgartirmagan bo‘lsangiz, papka tarkibidagi joriy faylning yonida faylning ajratilgan qismlari paydo bo‘ladi. So‘nggisidan tashqari qolgan barcha qism (том)lar bir xil o‘lchamda bo‘ladi.
Yaratilgan joriy arxiv faylning tarkibini ko‘rish yoki uni qayta siqilgan holatidan qayta yaxlit fayl holatiga ajratib olish uchun, nomlanishining oxirida “part1” bilan tugagan qism (том)ning ustiga ikki marta bosib oynani ishga tushirish lozim. Fayl qayta yaxlit holatiga tiklanishi uchun faylning barcha qism (том)lari bir papka tarkibida joylashtirilishi shart.
📝 Manba:@itspecuz
👉🏼Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #foydali
#operatsion_tizim
⚙️Operativ (tezkor) xotiradagi ziyon ko‘rgan sektorlarni qanday aniqlash mumkin?
ℹ️ Kompyuter ishlab turgan paytda operativ xotirada operatsion tizim, ishga tushirilgan dasturlar ma’lumotlari, shuningdek protsessor tomonidan ishlov beriluvchi kiruvchi, chiquvchi va oraliq ma’lumotlar joylashgan bo‘ladi. Operativ xotira bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, bularning barchasi yomon ishlaydi.
✅MemTest86 - kompyuter yoki noutbukdagi operativ xotirani xatoliklar va ishlashidagi muammolarga qarshi tekshirish imkonini beruvchi bepul dastur. Yordamchi dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u operatsion tizim tarkibida emas, balki fleshkaga yozib olib, BIOS orqali ishga tushiriluvchi alohida obraz ko‘rinishida kelishidir.
Bunday ishga tushirish usuli o‘z afzalliklariga ega: dastur operativ xotirani butunlay sinovdan o‘tkaza oladi va operatsion tizim unga xalaqit bermaydi. Operatsion tizim ishga tushmasa yoki uzilishlar bilash ishlagan taqdirda, siz xotira bilan bog‘liq muammolar bor yoki yo‘qligini aniqlab ko‘rishingiz mumkin.
Dastur butun xotirani oldindan mavjud ma’lumotlar bloklari qaytarilishlari bilan yozib to‘ldiradi, so‘ngra ikki o‘tishda: kichik manzillardan kattalariga qarab o‘tgan holda yozilgan ma’lumotni o‘qib solishtiradi. Mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha xatoliklarni aniqlash uchun protsedura turli xil ma’lumotlar namunalari uchun takrorlanadi.
Xotiraning alohida modulini tekshirganingiz maqsadga muvofiqdir, ya’ni bunda biz kompyuterni o‘chiramiz, uni ochamiz, operativ xotiraning bittadan boshqa barcha modullarini ajratib olamiz va kompyuterni ishga tushirgan holda uni tekshiramiz. Jarayon yakunlanganidan so‘ng – joriy modulni uzib, keyingisini ulaymiz va tekshirishda davom etamiz. Shunday qilib, muammolar aynan qaysi modulda yuzaga kelayotganini aniqlash mumkin.
📥MemTest86 dasturini yuklab olish.
📝 Manba:@itspecuz
👉🏼Birinchi raqamli Windows Blog | #ram / #foydali