Kontenut tal-post
#foydali Yaxlitlash — biron bir ulushli sonni taqribiy yaxlit son bilan almashtirish. Ushbu qoida boʻyicha bajariladi: sonning osha xonasidagi qiymati 5 dan kichik (a < 5) boʻlsa, u nollar bilan almashtiriladi ; agar 5 dan katta yoki 5 ga teng (a >= 5) boʻlsa, osha xonadan oldingi xonadagi raqam bir birlikka orttiriladi va undan keyingi xonalar nollar bilan almashtiriladi (masalan, 213,78 soni 213,8 qilib olinadi). Yaxlitlash xonalar birligida hisoblanadi. Masalan: ondan birlar xonasigacha yoki yuzlar xonasigacha: Masalan: 2,349 sonini ondan birlar xonasigacha yaxlitlang. Ondan birlar xonasida bizda 3 turibdi, undan keyingi xonada 4 demak ular nollar bilan almashtiriladi. 2,300 yoki 2,3 bizda javob boladi. 2356 sonini onlar xonasigacha yaxlitlang. onlar xonasida 5 turibdi undan oldin oldingi sonada 6, olti 5dan katta demak 2360 bo`ladi. 👉@iksvariant🇺🇿