Kontenut tal-post
#qabul2023 Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi – O‘zbekiston Milliy universitetiga qabul davom etmoqda. 🏛 O‘zbekiston milily universiteti QS xalqaro reyting agentligining “Fan sohalari reytingi” natijalariga ko‘ra zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya) fan yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning TOP-500 oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatidan o‘rin egallagan. Universitetda 72 ta kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari (sirtqi – 31 ta, kechki – 12 ta, masofaviy – 2 ta), 59 ta magistratura mutaxassisligi mavjud. 20 ga yaqin akademik, 300 nafarga yaqin fan doktori hamda 500 nafarga yaqin fan nomzodlari uzluksiz ta’lim va ilmiy jarayonni ta’minlashda ishtirok etadi. Yangi ochilgan ta’lim yo'nalishlari — 2 ta: Matematik va kompyuterli modellashtirish; Geoaxborot tizimlari va geofazoviy tahlil. Batafsil malumot uchun telefon raqamlari: 71 227 17 39, 71 246 79 89, 71 227 13 90 Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi. Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube