Treść posta
Bugun, 2026-yil 14-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev raisligida Hukumat komissiyasining navbatdagi “Ochiq muloqot”i bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning asosiy ishtirokchilari — meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar. 📹Tadbir YouTube platformasi orqali jonli efirda namoyish etiladi. An’anaga aylangan ochiq muloqot formati tadbirkorlarga o‘z savollari, muammolari va tashabbuslarini mas’ul vazirlik hamda idoralarga bevosita berish imkonini beradi. Uchrashuvning ustuvor mavzulari: - meva-sabzavot eksportini rivojlantirish; - eksport operatsiyalarining shaffofligini ta’minlash va narxlarni sun’iy pasaytirishning oldini olish; - saralash, zamonaviy qadoqlash va qo‘shilgan qiymatni oshirish masalalari; - oziq-ovqat xavfsizligi talablariga rioya etish; - laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish; - xorijiy bozorlar talablari asosida eksportchilarni tayyorlash va o‘qitish; - hisobga olish hamda hududiy statistika tizimini takomillashtirish. KANALGA OBUNA BO‘LING #hukumatkomissiyasi #ochiqmuloqot ____ Сегодня, 14 февраля 2026 года, в Ташкенте пройдет очередной "Открытый диалог" Правительственной комиссии под председательством заместителя Премьер-министра Жамшида Ходжаева. Ключевые участники встречи - предприниматели, осуществляющие экспорт плодоовощной и продовольственной продукции. 📹Мероприятие будет транслироваться в прямом эфире через платформу YouTube. Ставший уже традиционным формат открытого диалога позволит предпринимателям озвучить свои вопросы, проблемы и инициативы напрямую ответcтвенным министерствам и ведомствам. Среди основных тем встречи: - развитие экспорта плодоовощной продукции; - прозрачность экспортных операций и предотвращение занижения цен; - вопросы сортировки, современной упаковки и увеличения добавленной стоимости; - соблюдение требований пищевой безопасности; - проведение лабораторных исследований; - подготовка и обучение экспортеров с учетом требований зарубежных рынков; - система учета и региональной статистики. ПОДПИШИТЕСЬ НА КАНАЛ #правкомиссия #открытыйдиалог