TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi avatar

TGINSIGHT CHAT

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi

@tdc_uz

Business and startups

https://subsidiya.epauzb.uz

Subskrybenci3,320Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty762Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg7,520Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 1 z 64 · 762 postów

Opublikowano 23 kwi

#reyting ⚡️ O‘zbekiston iqtisodiyoti ilk bor «o‘rtacha erkin» (moderately free) toifasiga kirdi «The Heritage Foundation» tashkilotining 2026-yilgi Iqtisodiy erkinlik indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 60,3 ball to‘plab, dunyoning 184 ta davlati orasida 86-o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz o‘z ko‘rsatkichini o‘tgan yilga nisbatan 2,3 ballga, reytingdagi o‘rnini esa 14 pog‘onaga yaxshilagan. ❓Bu eksportyorlar va tashqi savdo ishtirokchilari uchun nimani anglatadi? 📈 Investitsiyaviy jozibadorlik: O‘zbekistonning investitsiya erkinligi 70 ballga ko‘tarilib, jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan (53,4 ball) sezilarli darajada yuqoriladi. Bu esa 2025-yilda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmining 33,2 mlrd dollarga (+109,3%) yetishiga xizmat qildi. 🌍 Xalqaro savdodagi o‘rni: Savdo erkinligi indikatori 80,6 ballni tashkil etib, O‘zbekiston iqtisodiy profilining eng kuchli jihati sifatida qayd etildi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd dollarga yetdi, bu 2023-yilga nisbatan 27,8 foizga ko‘p demakdir. ⚖️ Qonun ustuvorligi va mulk huquqi: Mulk huquqi ko‘rsatkichi 43,1 ballgacha (+9,6 punkt) o‘sgani biznes yuritish uchun xavfsiz muhit shakllanayotganini tasdiqlaydi. Eksport hajmi esa ikki yil ichida 24,9 mlrd dollardan 33,8 mlrd dollargacha (+36%) oshdi. Ushbu tarixiy ko‘rsatkich — O‘zbekiston iqtisodiyotining ilk bor jahon va mintaqaviy o‘rtacha ko‘rsatkichlardan (59,9 va 58,6 ball) yuqorilaganining belgisidir. Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X

327 views

Hashtags

Opublikowano 23 kwi

#yangilik MAHSULOTNI YETKAZISHDA QULAY AVIA PARVOZDAN FOYDALANING! Toshkentdan amalga oshirilayotgan xalqaro aviareyslar eksportchilar uchun ochiq! Sizga logistika zanjirini samarali qurishda va mahsulotni tezkor yetkazib berishda maslahat kerakmi❓ Nimalarni bilib olasiz? - dunyoning turli nuqtalariga uchuvchi yuk va yo‘lovchi reyslari ro‘yxati; - yuk tashuvchi logistika korxonalari bazasi; - eng maqbul havo yo‘nalishlar. Batafsil – havolada: https://epauzb.uz/pages/transport_karidorlari Qoʻngʻiroq qiling: +998 (71) 207 04 06 EKSPORTNI ANʼANAVIY AVIAQATNOVLAR YORDAMIDA TEZ AMALGA OSHIRING! Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X

791 views

Hashtags

Opublikowano 22 kwi

#fotolavha 📍ISHCHI GURUH SIRDARYO VILOYATIDA Taklflar va savollar bo‘lsa, murojaat qiling: https://t.me/srk_uzb 📞 +998 (71) 207 04 06 (115) Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X

741 views

Hashtags

Opublikowano 22 kwi

#eʼlon 📣Hurmatli tadbirkorlar! Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan mahsulot realizatsiya hajmidan kelib chiqqan holda moliyaviy resurslar ajratiladi: Bunda, - kamida 100 ming AQSH dollaridan 1 million AQSH dollarigacha ekvivalentida mahsulot realizatsiya qilinganda – 5 milliard so‘mgacha; - 1 million AQSH dollardan 2 million AQSH dollari ekvivalentigacha mahsulot realizatsiya qilinganda – 10 milliard so‘mgacha; - 2 million AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p miqdorda mahsulot realizatsiya qilinganda – 15 milliard so‘mgacha. Muddat - 18 oygacha; Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maxsus idishlarda qadoqlash uskunalarinisotib olish uchun milliy valyutada 10 milliardso‘mgacha miqdorda 36 oy muddatgacha moliyaviy resurs ajratiladi. Ushbu moliyaviy resurslardan foydalanish uchun https://subsidiya.epauzb.uz elektron portali orqali murojaat qilishingiz mumkin Batafsil ma’lumot uchun: +998 (71) 207 04 06 (202) 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X

813 views

Hashtags

Opublikowano 22 kwi

✅ ✅ ✅ ✅ 🌍Biznesingizni xorijda kengaytiring! Tadbirkorlarimiz uchun ajoyib imkoniyat: chet elda savdo uylari ochish, shuningdek, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlaringiz davlat mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. ✍️ Qoplab berish miqdori va shartlari: 👍 xarajatlarning haqiqiy qiymati, yaʼni 100 foizi (har bir kvadrat metr uchun belgilangan qat’iy miqdordan oshmagan holda); 👍 bitta xorijiy davlatda 2 tadan ko'p bo'lmagan, umumiy maydoni 2000kvadratmetrgacha bo‘lgan binolar uchun ijara xarajatlari miqdori. 🛫Hoziroq ariza yuboring: subsidiya.epauzb.uz 📝 Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar: 👍 shartnoma va/yoki invoys, hisob-faktura; 👍 bajarilgan ishlar (yoki ko'rsatilgan xizmatlar) bo‘yicha dalolatnoma; 👍 xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomasi nusxasi. Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +998 (71) 207 04 06 (115) Biznesingizni dunyoga tanitish imkoniyatini boy bermang! Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X

761 views

Opublikowano 22 kwi

#koʻrgazma TAYLANDDA O‘TADIGAN NUFUZLI KO‘RGAZMAGA MARHAMAT! OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI YETISHTIRUVCHI MAHALLIY TADBIRKORLAR! “THAIFEX – Anuga Asia” oziq-ovqat mahsulotlarining Xalqaro ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy stendi ostida yurtimiz nomidan ishtirok etish imkoniyatini boy bermang! "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ ushbu yo'nalishda samarali sheriklik va hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydi. 📍O‘tkaziladigan manzil: Tayland, Bangkok. 🗓O‘tkaziladigansana: 2026-yil 26—30 may. 📝 Ariza uchun havola: https://subsidiya.epauzb.uz/list/?p_slug=parent_exhibition&ch_slug=exhibition 💬Joylar soni cheklangan. 📌 Qo'shimcha ma'lumot: https://t.me/srk_uzb 📞 +998 (71) 207 04 06 (113) Milliy tadbirkorlik rivoji — asosiy maqsadimiz! Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X #Made_in_Uzbekistan#THAIFEX_Anuga_Asia

768 views

Opublikowano 22 kwi

❓So‘ragan edingiz?! 📌 Savol: O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatiga xorijdan jalb etilgan malakali mutaxassislar bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladimi? Agar qoplansa, buning tartiblari qanday? 💬Ushbu savolga batafsil ma’lumotni mutaxassis javobidan olishingiz mumkin.👆👆👆 Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X

872 views

Opublikowano 21 kwi

#koʻrgazma 📣 Mahalliy tadbirkorlar diqqatiga! “Korea Import Fair” ko‘rgazmasida ishtirok eting! Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni Janubiy Koreyaning yirik import ko‘rgazmasida "Made in Uzbekistan" brendi ostida qatnashishga taklif etamiz. "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ Sizga xalqaro bozorga chiqish va yangi hamkorlar topishda ko‘mak beradi. Ko‘rgazma yo‘nalishlari: • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari; • oziq-ovqat va ichimliklar; • xorijiy xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri B2B muzokaralar. 🗓Vaqti: 2026 yil 23—25 iyun. 📍Manzil: Janubiy Koreya, Seul shahri. Nima uchun ishtirok etish kerak? Bu — Koreya bozoriga kirish, eksport geografiyasini kengaytirish va nufuzli investorlar bilan aloqa o‘rnatish uchun qulay imkoniyatdir. Diqqat! Joylar soni cheklangan. Ariza qoldirishga shoshiling: https://subsidiya.epauzb.uz/list/?p_slug=parent_exhibition&ch_slug=exhibition Biz bilan bog‘laning: 📞 +998 (71) 207 04 06 (113) Milliy mahsulot — jahon bozorida! Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X #Made_in_Uzbekistan#Korea_Import_Fair

416 views

Opublikowano 21 kwi

#incoterms Eksportchi lug‘ati: Xalqaro atamalarni qanday tushunish kerak? 🤔 EXW (Ex Works) nima? EXW (Ex Works) — bu xalqaro savdo sharti bo‘lib, unga ko‘ra sotuvchi tovarni o‘z ombori yoki ishlab chiqarish joyida tayyor holda qo‘yadi, xaridor esa uni o‘sha yerdan olib ketish va barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘ladi. 👉 Ya’ni: “Tovar tayyor — kelib o‘zing olib ket” degani. 📌 EXW shartida kim nima qiladi? 🏭Sotuvchi: • Tovarni tayyorlaydi • O‘z omborida qo‘yadi • Yuklash yoki tashishni tashkil qilmaydi 🤝 Xaridor: • Tovarni ombordan oladi • Yuklash, tashish, bojxona, sug‘urta — hammasi o‘z hisobidan • Barcha logistika xarajatlarini to‘laydi Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X

380 views

Hashtags

Opublikowano 21 kwi

Milliy brend egalari diqqatiga! Ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish (CRM, ERP, CERM) bo‘yicha axborot tizimlarini joriy etish xarajatlarining 50 foizigacha miqdori qoplab berilishini istaysizmi? Bu borada “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ sizga yordam beradi. Talabgorlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi: https://forms.gle/z6xiVUx9AFAA3Q288 Me’yoriy-huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-noyabrdagi 748-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom. Eslatma: Kompensatsiya hajmi bir tashabbuskor tashkilot uchun kalendar yilida 10 000 AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblanadi. https://t.me/srk_uzb 📞+998 (71) 207 04 06 (105) 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X

366 views

Opublikowano 21 kwi

"Anuga Select Japan 2026” xalqaro ko‘rgazmasi: taassurotlar Joriy yilning 15–17-aprel kunlari Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Anuga Select Japan 2026” xalqaro ko‘rgazmasi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz uchun galdagi muvaffaqiyat maydoniga aylandi. “Made in Uzbekistan” milliy stendi ostida namoyish etilgan mahsulotlarimiz nafaqat ko‘rgazma ishtirokchilarini hayratda qoldirdi, balki aniq eksport kelishuvlariga zamin yaratdi. Ko‘rgazmaning amaliy natijalari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin. Mamlakatimizdan tashrif buyurgan 18 ta yetakchi korxona quritilgan mevalar, tabiiy sharbatlar, ziravorlar va konditer mahsulotlarining keng assortimentini taqdim etdi. Misol uchun, Yaponiya bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Japan Uz Trade House Inc” kompaniyasi hozirda yiliga 2-3 konteyner hajmidagi mahsulotlarni yirik tarmoqlarga yetkazib bermoqda. Ko‘rgazma yakunlari ushbu hajmni 2 barobarga oshirish imkonini beradi. Tadbir davomida Sharqiy Osiyo distribyutorlari va yaponiyalik investorlar bilan o‘tkazilgan B2B uchrashuvlarda mahsulotlarimizning tabiiyligi va yuqori sifati alohida e’tirof etildi. Ko‘rgazma natijasida nafaqat Yaponiya, balki Janubiy Koreya va Tayvan kabi qo‘shni bozorlarga ham chiqish bo‘yicha dastlabki strategik kelishuvlarga erishildi. “Kompaniyamiz ushbu global platformada ilk bor o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Biz taklif etayotgan sifat xorijiy hamkorlarimiz tomonidan yuqori baholandi. Ishonch bilan ayta olamizki, bu kabi uchrashuvlar yaqin istiqbolda mahsulotlarimizning Yaponiya do‘konlari peshtaxtalaridan muqim joy olishini ta’minlaydi”, — deya ta’kidladi “Smart Perfect Development” MCHJ vakili. Dunyoning eng ilg‘or oziq-ovqat texnologiyalari jamlangan ushbu maydonda O‘zbekiston vakillarining faol ishtiroki mamlakatimiz eksport salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi strategik qadam bo‘ldi. Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X

855 views

Opublikowano 20 kwi

#dayjest Kompaniya faoliyati — o‘tgan haftada 13-17-aprel. Germaniya: Dyusseldorf shahrida o‘tkazilgan eng nufuzli sanoat ko‘rgazmasi – Wire & Tube 2026da “Made in Uzbekistan” milliy stendi ostida 7 ta yirik eksportchi tadbirkorlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. * * * 15-17-aprel. Yaponiya: Tokioda tashkil etilgan eng yirik "Anuga Select Japan 2026" xalqaro ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy stendi tashkil etilib, mahalliy 18 ta korxonalarning mahsulotlari dunyoga namoyish etildi. * * * 13-17-aprel. Toshkent viloyati: Ishchi guruh tomonidan eksportchi korxonalar uchun joyiga chiqqan holda targ‘ibot ishlari olib borildi. * * * 16-aprel. UZA: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi sahifasida "Anuga Select Japan 2026" xalqaro ko‘rgazmasi haqida batafsil yoritildi. * * * 17-aprel. “Radio muloqot”: “O‘zbekiston 24” Markaziy studiyasining “Radio muloqot” dasturida Kompaniya faoliyati yuzasidan mutaxassislar ishtirokidagi jonli suhbat efirga uzatildi. Rasmiy sahifalarimiz: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X

430 views

Hashtags

123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••6364
PoprzedniaStrona 1 z 64Następna