Treść posta
#eʼlon Eksport qiluvchi mahalliy tadbirkorlar diqqatiga! Afgonistondan ishonchli hamkor topib, mahsulot eksport qilmoqchimisiz? Unda Sizlarni "UzExpomarkaz"da 25–27-mart kunlari “Made in Afghanistan Expo – Tashkent 2026” ko'rgazmasida kutamiz! Qo‘shni Afg‘oniston davlati Yaqin Sharq mamlakatlaridan ko‘p hajmda (xususan, Eron davlatidan yiliga 4 mlrd $ miqdorda) tovar import qiladi. Bugungi vaziyatda Afg‘on hududiga bir qator isteʼmol tovarlari importi to’xtab qoldi. O‘zbekiston mahsulotlariga bo‘lgan talab esa keskin oshdi. Ko‘rgazma aynan Afg‘oniston uchun hozirda zarur ko‘plab assortimentdagi eksportbop tovarlar bo‘yicha tashkil etildi. Bundan unumli foydalanib qoling. Tadbir doirasida 28–29-mart kunlari B2B uchrashuvlar, biznes muloqotlar, eksport-import muzokaralari hamda investitsiyaviy hamkorlik uchun qulay maydon yaratiladi. Ko‘rgazma afzalliklari: ✓ 120+ afg‘on kompaniyalari — yangi hamkorlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar ✓ Samarali B2B uchrashuvlar ✓Eksport-import uchun yangi imkoniyatlar ✓ Biznes uchun yangi g‘oyalar va yo‘nalishlar Murojaat uchun: +998 (71) 207 04 06 (115) Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X