Treść posta
#muloqot Yangihayot tumani: mahalliy tadbirkorlar bilan muloqot “Grand Elite” majmuasida iqtisodiyot kompleksi masʼullarining tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi. Unda "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ mutaxassislari faol ishtirok etib, ishbilarmonlarga quyidagi yo‘nalishlarda muhim ma’lumotlarni taqdim etdilar: • eksport salohiyatini oshirishda — mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqish bo‘yicha yangi imkoniyatlar; • davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasida — tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar va moliyaviy instrumentlar; • mahalliylashtirish — Ishlab chiqarish jarayonlarini kengaytirish va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish. Uchrashuv davomida Kompaniya vakillari eksport hajmini oshirish istagida bo‘lgan tadbirkorlarning savollariga batafsil javob berib, ularning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy takliflarini bildirdilar. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir yakunida tadbirkorlarning muammolarini hal etish va takliflarini hayotga tatbiq etish yuzasidan aniq choralar belgilab olindi. Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X