Treść posta
#eʼlon 📣Mahalliy parfyumeriya va kosmetika ishlab chiqaruvchilari diqqatiga! Mahsulotingizni "Made in Uzbekistan" milliy stendi ostida jahon bozoriga olib chiqish imkoniyatini boy bermang! Parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari Markaziy Osiyo davlatlari uchun tashkil etilayotgan “CENTRAL ASIA BEAUTY EXPO” nomli ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif etiladi! Kimlar ishtirok etishi mumkin? • Kosmetologik va estetik vositalar; • Parvarish kosmetikasi va parfyumeriya; • Dorixona kosmetikasi va BADlar; • Maishiy kimyo, gigiyena va eko-kosmetika ishlab chiqaruvchilari. 📍Manzil: Qozog‘iston, Olmaota sh. 🗓Sana: 2026-yil 28—30-may. 🚀 Nega ishtirok etish kerak? "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ sizga yangi biznes aloqalarini o‘rnatish va eksport salohiyatini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: subsidiya.epauzb.uz ⚠️ Diqqat: Joylar soni cheklangan! 📞Murojaat uchun: +998712070406 (ichki: 128) Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X