TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Treść
Treść posta
#incoterms Eksportchi lug‘ati: Xalqaro atamalarni qanday tushunish kerak? 🤔 EXW (Ex Works) nima? EXW (Ex Works) — bu xalqaro savdo sharti bo‘lib, unga ko‘ra sotuvchi tovarni o‘z ombori yoki ishlab chiqarish joyida tayyor holda qo‘yadi, xaridor esa uni o‘sha yerdan olib ketish va barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘ladi. 👉 Ya’ni: “Tovar tayyor — kelib o‘zing olib ket” degani. 📌 EXW shartida kim nima qiladi? 🏭Sotuvchi: • Tovarni tayyorlaydi • O‘z omborida qo‘yadi • Yuklash yoki tashishni tashkil qilmaydi 🤝 Xaridor: • Tovarni ombordan oladi • Yuklash, tashish, bojxona, sug‘urta — hammasi o‘z hisobidan • Barcha logistika xarajatlarini to‘laydi Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X