TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Savdoni rivojlantirish kompaniyasi
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1796

@tdc_uz

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi

Wyświetlenia327Liczba wyświetleń posta
Opublikowano23 kwi23.04.2026, 07:05
Treść

Treść posta

#reyting ⚡️ O‘zbekiston iqtisodiyoti ilk bor «o‘rtacha erkin» (moderately free) toifasiga kirdi «The Heritage Foundation» tashkilotining 2026-yilgi Iqtisodiy erkinlik indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 60,3 ball to‘plab, dunyoning 184 ta davlati orasida 86-o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz o‘z ko‘rsatkichini o‘tgan yilga nisbatan 2,3 ballga, reytingdagi o‘rnini esa 14 pog‘onaga yaxshilagan. ❓Bu eksportyorlar va tashqi savdo ishtirokchilari uchun nimani anglatadi? 📈 Investitsiyaviy jozibadorlik: O‘zbekistonning investitsiya erkinligi 70 ballga ko‘tarilib, jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan (53,4 ball) sezilarli darajada yuqoriladi. Bu esa 2025-yilda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmining 33,2 mlrd dollarga (+109,3%) yetishiga xizmat qildi. 🌍 Xalqaro savdodagi o‘rni: Savdo erkinligi indikatori 80,6 ballni tashkil etib, O‘zbekiston iqtisodiy profilining eng kuchli jihati sifatida qayd etildi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd dollarga yetdi, bu 2023-yilga nisbatan 27,8 foizga ko‘p demakdir. ⚖️ Qonun ustuvorligi va mulk huquqi: Mulk huquqi ko‘rsatkichi 43,1 ballgacha (+9,6 punkt) o‘sgani biznes yuritish uchun xavfsiz muhit shakllanayotganini tasdiqlaydi. Eksport hajmi esa ikki yil ichida 24,9 mlrd dollardan 33,8 mlrd dollargacha (+36%) oshdi. Ushbu tarixiy ko‘rsatkich — O‘zbekiston iqtisodiyotining ilk bor jahon va mintaqaviy o‘rtacha ko‘rsatkichlardan (59,9 va 58,6 ball) yuqorilaganining belgisidir. Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X