TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Comping_Uz
Comping_Uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #4703

@Comping_Uz

Comping_Uz

Qhawasqakuna3,430Qhawasqa yupay
Riqchachisqa1 Oct01-10-2025, 07:20 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

#info 📎Kompyuter quvvat manbai (PSU) va80 PLUSsertifikati ⚡️ Kompyuter yig‘ishda ko‘pchilik videokarta va protsessorga e’tibor beradi, lekin eng muhim detallaridan biri — blok pitaniya (PSU). Agar u sifatli bo‘lmasa, butun tizimning barqarorligi va umriga salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli, ishonchli quvvat manbaini tanlashda 80 PLUS sertifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. 🔋 80 PLUS nima? Bu quvvat manbaining samaradorligini bildiruvchi xalqaro standart. Samaradorlik qanchalik yuqori bo‘lsa: ➡️ elektr energiyasi kamroq isrof bo‘ladi, ➡️ blok pitaniya kamroq qiziydi, ➡️ butun kompyuter uzoqroq xizmat qiladi. 📊 80 PLUS darajalari: 80 PLUS – eng minimal samaradorlik (≥80%) 80 PLUS Bronze – o‘rtacha samaradorlik (82–85%) 80 PLUS Silver – yanada yaxshiroq (85–88%) 80 PLUS Gold – ko‘p sotiladigan, balansi yaxshi (87–90%) 80 PLUS Platinum – yuqori samaradorlik (89–92%) 80 PLUS Titanium – eng yuqori darajalardan biri (90–94%) 80 PLUS Ruby – juda yuqori samaradorlik (95–96,5%) 👁 Misol uchun:👇 Foydali Ish Koeffitsiyenti oddiy qilib aytganda qurilma olgan energiyaning nechta foizi foydali ishga ketadi va nechta foizi issiqlikka, shovqinga yoki boshqa isroflarga ketishini ko‘rsatadi. Quvvat manbai (PSU) 1000W elektr olayapti deb tasavvur qilaylik: Agar u 80% samaradorlikka (80 PLUS) ega bo‘lsa: 🔋 800W kompyuterga foydali energiya bo‘ladi 🔥 200W issiqlikka yo‘qoladi Agar u 90% samaradorlikka (Platinum) ega bo‘lsa: 🔋 900W foydali energiya 🔥 100W issiqlik chiqadi Agar u 95% samaradorlikka (Ruby) ega bo‘lsa: 🔋 950W foydali energiya 🔥 50W issiqlik chiqadi 🔌 Shuning uchun quvvat bloklarida Foydali ish Koeffitsiyenti qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi: elektrni tejaydi, kam qiziydi, uzoq xizmat qiladi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 📍 Manzil: [ Kichik halqa yo'li 8A ] ⏰ Ish vaqti: [10:00 dan 20:00] 📞 +998332332030 🔵@cyberwarriorboy ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔵Telegram📷Instagram🟥Youtube