TGINSIGHT CHAT
Comping_Uz
@Comping_Uz
TechnologiesКОМПЮТЕРЫ / ПЕРИФЕРИЯ Barcha turdagi kompyuter jihozlari ◽️Hamyonbop narxlar ◽️Yetkazib berish xizmati ◽️Yuqori sifatli konsultatsiya 🙋@CyberWarriorBoy 📞 (33) 808 20 30
Qhipan willakuykunap
Simi: #info · 3 willakuy
Riqchachisqa 3 Oct
#info 🖥 Monitor turlari — IPS | VA | OLED IPS va VA — bu suyuq kristalli panellar (LCD) bo‘lib, ular orqa yoritish (LED backlight) yordamida yorug‘lik chiqaradi. Ularning sifatini panel strukturasiga va backlight (oddiy LED yoki Mini-LED) ga bog‘liq. OLED — emissive (o‘zidan yorug‘lik chiqaruvchi) texnologiya: har bir piksel mustaqil ishlaydi, ya’ni qora rangni haqiqiy “o‘chirilgan” piksel orqali hosil qiladi. 📎IPS (In-Plane Switching): 📝Suyuq kristallar tekis (plan) yo‘nalishda bo‘ladi va yorug‘likni ekrandagi filtr orqali o‘tkazadi; bu strukturaviy jihat ishlab chiqarilayotgan ranglarning izchil va keng ko‘rish burchagiga olib keladi. ➡️Afzallik:tabiiy ranglar, keng ko‘rish burchagi (~178°), professional ishlarga mos. ➡️Kamchilik: kontrast past (~1000:1), qora rang chuqur emas, IPS glow bo‘lishi mumkin. ➡️Texnik: javob vaqti 1–8 ms, yorqinlik 250–600 nits. ➡️Foydalanish: grafik dizayn, ofis, gaming (tez IPS modellarda). 📎VA (Vertical Alignment): 📝Suyuq kristallar vertikal holatda joylashadi; ekranni yoqilganda ular yo‘nalishi o‘zgarganida ortiqcha yorug‘likni bloklash yaxshilanadi — natijada chuqur qora hosil bo‘ladi. ➡️Afzallik: juda chuqur qora, yuqori kontrast (3000–6000:1), arzonroq. ➡️Kamchilik: sekin pixel transition → ghosting, burchakdan ranglar o‘zgaradi. ➡️Texnik: javob vaqti 3–8 ms, yorqinlik 250–600 nits. ➡️ Foydalanish: kino, multimedia, kundalik foydalanish, o‘rta darajadagi gaming. 📎OLED (Organic Light-Emitting Diode): 📝Har bir piksel organik materiallardan tashkil topgan va mustaqil ravishda yorug‘lik chiqaradi. Orqa yoritish kerak emas — piksel “o‘chirilsa” u mutlaq qora hosil qiladi. ➡️Afzallik: cheksiz kontrast, boy ranglar, tez javob, HDR ajoyib. ➡️Kamchilik: burn-in xavfi, narxi yuqori, yorqinlik yoshi bilan kamayishi mumkin. ➡️Texnik: javob vaqti 0.1–1 ms, yorqinlik 250–1000+ nits. ➡️Foydalanish: premium gaming, professional rang ishlari, kino. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 📍 Manzil: [ Kichik halqa yo'li 8A ] ⏰ Ish vaqti: [10:00 dan 20:00] 📞 +998332332030 🔵@cyberwarriorboy ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔵Telegram📷Instagram🟥Youtube
Hashtags
Riqchachisqa 1 Oct
#info 📎Kompyuter quvvat manbai (PSU) va80 PLUSsertifikati ⚡️ Kompyuter yig‘ishda ko‘pchilik videokarta va protsessorga e’tibor beradi, lekin eng muhim detallaridan biri — blok pitaniya (PSU). Agar u sifatli bo‘lmasa, butun tizimning barqarorligi va umriga salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli, ishonchli quvvat manbaini tanlashda 80 PLUS sertifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. 🔋 80 PLUS nima? Bu quvvat manbaining samaradorligini bildiruvchi xalqaro standart. Samaradorlik qanchalik yuqori bo‘lsa: ➡️ elektr energiyasi kamroq isrof bo‘ladi, ➡️ blok pitaniya kamroq qiziydi, ➡️ butun kompyuter uzoqroq xizmat qiladi. 📊 80 PLUS darajalari: 80 PLUS – eng minimal samaradorlik (≥80%) 80 PLUS Bronze – o‘rtacha samaradorlik (82–85%) 80 PLUS Silver – yanada yaxshiroq (85–88%) 80 PLUS Gold – ko‘p sotiladigan, balansi yaxshi (87–90%) 80 PLUS Platinum – yuqori samaradorlik (89–92%) 80 PLUS Titanium – eng yuqori darajalardan biri (90–94%) 80 PLUS Ruby – juda yuqori samaradorlik (95–96,5%) 👁 Misol uchun:👇 Foydali Ish Koeffitsiyenti oddiy qilib aytganda qurilma olgan energiyaning nechta foizi foydali ishga ketadi va nechta foizi issiqlikka, shovqinga yoki boshqa isroflarga ketishini ko‘rsatadi. Quvvat manbai (PSU) 1000W elektr olayapti deb tasavvur qilaylik: Agar u 80% samaradorlikka (80 PLUS) ega bo‘lsa: 🔋 800W kompyuterga foydali energiya bo‘ladi 🔥 200W issiqlikka yo‘qoladi Agar u 90% samaradorlikka (Platinum) ega bo‘lsa: 🔋 900W foydali energiya 🔥 100W issiqlik chiqadi Agar u 95% samaradorlikka (Ruby) ega bo‘lsa: 🔋 950W foydali energiya 🔥 50W issiqlik chiqadi 🔌 Shuning uchun quvvat bloklarida Foydali ish Koeffitsiyenti qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi: elektrni tejaydi, kam qiziydi, uzoq xizmat qiladi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 📍 Manzil: [ Kichik halqa yo'li 8A ] ⏰ Ish vaqti: [10:00 dan 20:00] 📞 +998332332030 🔵@cyberwarriorboy ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔵Telegram📷Instagram🟥Youtube
Hashtags
Riqchachisqa 29 Set
#info 📎 Sovutish tizimi – Havoli yoki Suvli Har bir kompyuter ish paytida issiqlik hosil qiladi. To‘g‘ri sovutish ortiqcha qizishning oldini oladi va komponentlarni himoya qiladi. ➡️Havoli sovutish Radiator (alyuminiy yoki mis) va ventilyator orqali ishlaydi. Afzalliklari: arzon, ishonchli, oson o‘rnatiladi. Kamchiliklari: og‘ir yukda shovqinli, ekstremal overclocking uchun kamroq samarali. ➡️Suvli sovutish Suv yoki sovutgich orqali issiqlikni chiqaradi. Vodoblok issiqlikni so‘rib oladi, suyuqlik radiator orqali harakatlanadi. Turlari: AIO (tayyor) va maxsus tizimlar. Afzalliklari: samaraliroq, jimroq, zamonaviy dizayn. Kamchiliklari: qimmatroq, ko‘proq joy talab qiladi ⚙️Tanlov: Byudjet va o‘rta darajadagi PC – havoli sovutish. Yuqori samarali tizimlar, overclocking yoki murakkab ishlar – suvli sovutish. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 📎 Охлаждение ПК – Воздушное или Жидкостное Все компьютеры выделяют тепло во время работы. Правильное охлаждение предотвращает перегрев и защищает компоненты. ➡️Воздушное охлаждение Работает через радиатор (алюминий или медь) и вентилятор. Плюсы: недорого, надёжно, легко устанавливается. Минусы: шумно при высокой нагрузке, менее эффективно при экстремальном разгоне. ➡️Жидкостное охлаждение Использует воду или специальный хладагент для отвода тепла. Водоблок поглощает тепло, жидкость циркулирует через радиатор. Типы: AIO (готовое решение) и кастомные системы (мощные, сложные). Плюсы: эффективнее, тише, стильный дизайн. Минусы: дороже, требует больше места ⚙️Выбор: для бюджетных и среднеуровневых ПК – воздушное охлаждение. Для высокопроизводительных систем, экстремального разгона или сложных задач – жидкостное. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 📞 +998332332030 🔵@cyberwarriorboy ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔵Telegram📷Instagram🟥Youtube
Hashtags