TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Toshkentdan gapiramiz...
Toshkentdan gapiramiz... avatar

TGINSIGHT POST

Post #8711

@RMMMTSHB

Toshkentdan gapiramiz...

Qhawasqakuna13,800Qhawasqa yupay
Riqchachisqa25 Set25-09-2025, 05:41 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

"Qizil kitob" haqida eshitganmisiz? Bu kitob oddiy kitob emas - u bizning tabiat boyliklarimizni, noyob hayvon va o‘simliklarni asrab qolish uchun yozilgan qimmatli xazina. Qizil rang - xavf belgisi. Demak, bu kitobga kiritilgan har bir jonivor va o‘simlik yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Masalan, Sirdaryo to‘rg‘ayi, Amudaryo mushugi, yoki archa kabi daraxtlar Qizil kitobda borligini bilarmidingiz? Hatto sanoqda qolgan qoplonlar ham bu ro‘yxatga kiritilgan! 📕Qizil kitob bizni ogohlantiradi: "Agar sen tabiatni asramasang, kelajak avlod bu go‘zalliklarni ko‘rmaydi." Biz nima qila olamiz? 🌴 Daraxtlarni sindirmaslik 🦫 Hayvonlarga zarar bermaslik 🌎 Atrof-muhitni toza saqlash Har birimiz kichkina qadam qo‘ysak ham, katta o‘zgarish qilamiz. Tabiat - bizning eng katta boyligimiz! #yangiruhiyat #tabiatniasra