TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanal listaman kutiy
Toshkentdan gapiramiz... avatar

TGINSIGHT CHAT

Toshkentdan gapiramiz...

@RMMMTSHB

News and media

🌐 Eng sara media materiallar 📲 Yangiliklar 📚 Foydali maʼlumotlar Instagram: https: //www.instagram.com/shosh_media?igsh=MW95ejBkbjFvY25zMA== Facebook: https://www.facebook.com/share/16eEbLbF79/ Reklama va hamkorlik uchun: @RMMMTshB1

Qatiqkuna3.0万Kunan qatiqkuna
Qatisqa willakuykunap1,016Yupasqa willakuykunap
Kay p'unchaw chayasqa128,233Kay p'unchaw qhawasqakunap
Qhipan willakuykunap

Qhipan willakuykunap

Qillqa 1 / 85 · 1,016 willakuy

Riqchachisqa 18 Abr

Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini ko’rsatishda 50 foiz chegirma beriladi Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ishlovchi pedagoglar uchun quyidagi davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi: 🔹 ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari; 🔹muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari; 🔹 umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha davlat xizmatlari; 🔹traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish bo’yicha davlat xizmatlari; 🔹 rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari va boshqalar. 👨‍🏫 Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor va direktor o‘rinbosarlari 5 yilda 1 marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

10,400 views

Riqchachisqa 18 Abr

#yangiruhiyat #iqtibos Kitoblar — eng sokin va eng sodiq do‘stlardir. ✍Charlz Uilyam 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

174 views

Riqchachisqa 17 Abr

Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindarovga “Mehnat shuhrati” ordenini topshirdi “Mana shunday o‘zbek o‘g‘lonini tarbiyalab, voyaga yetkazgan bobong va buvingga, ota-onangga, ustoz va murabbiylaringga yana bir bor o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, dedi Prezident. BATAFSIL 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

4,880 views

Riqchachisqa 17 Abr

Davlat rahbarining topshirig’i bilan Javohir Sindarov va uning jamoasini olib kelish uchun Kiprga yuborilgan samolyot Humo xalqaro aeroportiga kelib qo’ndi. Birozdan so’ng Javohirni tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tadi. Ungacha Nodir Jonuzoq qalamiga mansub she’r asosida ishlangan mana bu rolikni tomosha qiling. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

9,000 views

Riqchachisqa 17 Abr

#Toshkent_shahar #15_son_2026 🔸"Siyosiy-ma’rifat soati" 🟢 Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan Toshkent shahrida barcha davlat fuqarolik xizmatchilarining siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi. Uchtepa tumani Shayxontohur tumani Chilonzor tumani Mirobod tumani Mirzo Ulugʻbek tumani Olmazor tumani Yashnobod tumani Yunusobod tumani Yakkasaroy tumani Sergeli tumani Yangihayot tumani Bektemir tumani 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

8,189 views

Riqchachisqa 17 Abr

#yangiruhiyat Islom Sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyuruvchilarning fikrlari 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

8,990 views

Riqchachisqa 17 Abr

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 30 million mukofot beriladi Mudofaa vazirligi ofitserlariga xizmat yillari uchun toʻlanadigan har oylik ustama miqdori ikki baravarga oshiriladi. BATAFSIL 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

10,400 views

Riqchachisqa 17 Abr

#15_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

14,700 views

Hashtags

Riqchachisqa 16 Abr

“Aslida bugungi kunda kontrakt narxlari ustiga yana 88 foiz qoʻshilishi kerak edi” – Oliy taʻlim vaziri Ayrim yoʻnalishlarda oʻqiydigan talabalar yiliga 6 million soʻm kontrakt toʻlaydi. Lekin ularning bir nafarining yillik xarajati 14 million soʻmni tashkil etadi. Qolgan 8 million soʻmini esa super-kontraktda oʻqiydigan yigit-qizlar hisobidan yopyapmiz. Buni yashirish kerak emas”, – deydi vazir. BATAFSIL 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

12,300 views

Riqchachisqa 16 Abr

🏦InfinBANK kredit va muddatli to‘lov kartalari egalari uchun yutuqli o‘yin boshladi! Bank «O‘z vaqtida to‘lang va yutib oling!» aksiyasini e’lon qildi. Ishtirok etish uchun InfinBLACK yoki InfinBARAKA kartalaridan foydalanish va qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lash kifoya. Sovrinlar: 📎 4 ta BYD Yuan Up avtomobili (har chorakda bitta); 📎 12 ta iPhone 17 Pro Max; 📎 12 ta iPad 16A; 📎 12 ta AirPods 4. Qanday qatnashish mumkin? 1️⃣ Kredit yoki muddatli to‘lov kartasidan foydalaning. 2️⃣ To‘lovlarni kechiktirmasdan amalga oshiring. 3️⃣ Bankning Instagram sahifasiga obuna bo‘ling. Har bir intizomli to‘lov amalga oshirilgan oy uchun 1 ta imkoniyat beriladi. Gʻoliblar Instagram’da jonli efirda aniqlanadi. ➡️ Kartaga bank ilovasi orqali buyurtma bersa bo‘ladi. Batafsil ma'lumot

26,500 views

Riqchachisqa 16 Abr

Osiyo chempionatining ilk kunida dzyudochilarimiz muvaffaqiyatga erishdi Xitoyning Ordos shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining birinchi kungi bellashuvlarida hamyurtlarimiz 3 ta medalga egalik qildi. 19 ta davlatning 200 nafarga yaqin dzyudochisi qatnashgan qit’a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Murosasiz bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Laziza Haydarova va Sita Qadamboyeva o‘z vaznlarida kumush, Samariddin Qo‘chqorov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Chempionat 18-aprelga qadar davom etadi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

10,900 views

Riqchachisqa 16 Abr

Dreamland Aeroport - Бизнес класс хонадонлар 1 м² нархи — 758$ Чегирма −35% гача ❗️Атиги 5 та хонадонлар максимал фойда билан 📞 Қўнғироқ қилинг: 📲 1390 ☎️+998781290418 Dreamland_development_bot Сайт | Instagram | Telegram

11,800 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ÑawpaqQillqa 1 / 85Qhipan