TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Toshkentdan gapiramiz...
Toshkentdan gapiramiz... avatar

TGINSIGHT POST

Post #8723

@RMMMTSHB

Toshkentdan gapiramiz...

Qhawasqakuna13,800Qhawasqa yupay
Riqchachisqa26 Set26-09-2025, 07:27 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Bugun Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni! Global tinchlik indeksi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yildan buyon dunyoda tinchlik har yili yomonlashib, so‘nggi o‘n yil ichida ko‘plab davlatlarda tinchlik, xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keskinlashib bormoqda. Bunday raqamlar tinchlik, osoyishtalik qanchalar mashaqqatli ish, ulug‘ ne’mat ekanini takror va takror isbotlamoqda. Davlatimiz rahbarining mustaqillikni mustahkamlash borasidagi siyosatining hayotiy ifodasi ham inson, xavfsizlik, tinchlik misolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bunda ko‘rinmas qahramonlarimiz, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining mehnati, xizmati katta. Hayotimizda har bir daqiqa kichik baxtlar bilan to’layotgan payt, Ular mas’uliyat bilan, sadoqat bilan xizmat qilayotgan bo’ladi. Vatan bayrog’i yuksakda hilpirab turgan payt, Ular hatto samoda ham mamlakatni himoya qilayotgan bo’ladi. Biz sizning Vatan tinchligi, farovon hayotimizdagi xizmatlaringizni doim qadrlaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin! #xalqchildavlat