Willakuy ukhu
Manzil… Manzillar ko‘p, lekin o‘qituvchining har kuni boradigan manzili — ilm! U tinmay izlanadi, o‘rganishdan to‘xtamaydi, bor ilmini rivojlantiradi va uni barchaga ulashadi! Yaqinda Davlatimiz rahbari o‘qituvchi va murabbiylar bilan samimiy muloqot qildi. Shunda yosh muhandis, o‘qituvchi E’zozbek Ozodov o‘zi, ixtirolari haqida aytib bergandi. Unga Prezident sovg‘asi — BYD ham topshirilgan edi. Biz shu yosh o‘qituvchining bir kunini, borar manzillarini hujjatli, qisqa metrajli film sifatida tasvirga oldik. Samimiy, ortiqcha izohlarsiz…Borini ko‘rsatdik. Ko‘rindiki, bugun ketayotgan manzilimiz ilm bo‘lsa, farzandlarimiz o‘qisa, yangiliklarga intilsa, Yangi Renessans albatta, bunyod bo‘ladi! Shu bois, Davlatimiz rahbari ham “Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha — ta’lim, eng hurmatli insonlar — o‘qituvchi va murabbiylar” ekanini aytmoqda. Bayramingiz muborak bo‘lsin, muhtaram ustozlar, qadrli o‘qituvchi va murabbiylar! @otabek_khasanov