TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Toshkentdan gapiramiz...
Toshkentdan gapiramiz... avatar

TGINSIGHT POST

Post #8855

@RMMMTSHB

Toshkentdan gapiramiz...

Qhawasqakuna10,900Qhawasqa yupay
Riqchachisqa15 Oct15-10-2025, 10:51 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Azaldan mahallada kimni tashvishi bo‘lsa, birgalikda hal qilingan, muammosiga yechim topilgan. Shod kunida birga quvonib, boshiga tashvish tushsa, birga g‘am chekkan. Mahalla kichik Vatan. Har bir inson esa Vatanning bir bo‘lagi. Ularni o‘zaro ishonch, mehr, birlik, hamjihatlik bog‘lab tursa, yelkama yelka harakat qilsa, Vatan bir butun vujudga aylanadi. Bu azaliy haqiqatni shu ijtimoiy rolikdagi bir voqea misolida ko‘rsatib berishga harakat qildik. Vatandoshning begonasi yo‘q, yelkalar yelkalarga suyansa, qo‘llar qo‘llar bilan bir bo‘lsa, bu birlik yagona xalqni tashkil qiladi. #birdamjamiyat