TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Toshkentdan gapiramiz...
Toshkentdan gapiramiz... avatar

TGINSIGHT POST

Post #8895

@RMMMTSHB

Toshkentdan gapiramiz...

Qhawasqakuna11,800Qhawasqa yupay
Riqchachisqa21 Oct21-10-2025, 01:15 p.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigidan: “…Bundan o‘ttiz yil oldin qabul qilingan O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini qayta ko‘rib chiqish ham kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarimiz qatoriga kiradi. Shuningdek, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida til madaniyati va savodxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan zamonaviy va ta’sirchan media mahsulotlarni ko‘paytirish lozim. Ayniqsa, farzandlarimizni ona tilimizga mehr qo‘yib, uning beqiyos boyligi va imkoniyatlaridan bahramand bo‘lishga o‘rgatish ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning ajralmas bir qismidir. Bu dolzarb masala ijodkor ziyolilarimiz, ta’lim-tarbiya, madaniyat, yoshlar, mahalla, xotin-qizlar tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyatida doimo markaziy o‘rinda turishi, butun jamiyatimizda umummilliy harakatga aylanishi kerak”. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK