TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Willakuy
Willakuy ukhu
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bayroq estafetasi o‘tkazilmoqda. Estafetaga respublikamizning uchta hududi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridan start berilgan edi. Ertaga – 18-noyabr soat 17:00 da bayrog‘imiz Xalqlar do‘stligi maydoniga kirib keladi. Maydonda harbiy paradlar, shoir-yozuvchilar hamda taniqli san’atkorlar ishtirokida bayram tadbiri hamda dron-shou o‘tkaziladi. Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz! 👉 Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK