Willakuy ukhu
🇺🇿🇺🇿18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun ⚡️18-noyabr yurtimiz tarixida alohida o‘rin tutadigan, milliy g‘urur va umumxalq birligini ifoda etuvchi muqaddas sana hisoblanadi. Aynan shu kuni davlatimiz mustaqilligi, milliy o‘zligi va taraqqiyot yo‘lidagi qat’iy intilishlarni mujassam etgan Davlat bayrog‘imiz qabul qilingan. ⚡️O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i — xalqimizning asriy tarixi, yurtimizning irodasi va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi intilishlarini o‘zida aks ettirgan ulug‘ ramzdir. U mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlik timsoli sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlarning ajralmas qismidir. ✨Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK