TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Willakuy
Willakuy ukhu
Bugun muhim kun, katta bayram! G‘urur ramzi, sharaf belgisi bo‘lgan davlat bayrog‘imizning 34 yilligi! Bayrog‘imiz doim ko‘klarda hilpirab tursin! VATAN BAYROG‘I Yurt bayrog‘in har joygamas, Ko‘nglingga ek. Ko‘ksingni o‘y. Ishlov bergin, yumshatib tur Ildiz otsin, ko‘rsatsin bo‘y. To bu bayroq, Vatan, nurlar Ich-ichingga ketsin kirib. Toki g‘anim — vatanxo‘rlar, Ololmasinlar sug‘urib. Shunday o‘rgat qulni, xonni, Uchmas qush ham uchar bo‘lsin. To bayroqdan oldin jonni Bermoq oson kechar bo‘lsin. Halima XUDOYBERDIYEVA, O‘zbekiston xalq shoiri @otabek_khasanov