Willakuy ukhu
"Kitobxon Toshkent" loyihasining 2-bosqich tadbirlari oʻtkazildi 🇺🇿Toshkent shahar hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent shahar boʻlimi hamkorligida "Kitobxon Toshkent" loyihasining 2-bosqichi tashkil etildi. Loyiha doirasida poytaxtimizning 4 ta tumanida kitob do‘konlari ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. "Kitobxon Uchtepa" , "Kitobxon Shayxontohur" , "Kitobxon Yakkasaroy" , "Kitobxon Olmazor" Tashkil etilgan kitob do‘konlarida kitobxonlar uchun alohida qulayliklar yaratildi. Do‘konda maxsus joylar tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda har bir kishi bemalol o‘tirib, o‘ziga manzur kitobni mutolaa qilishi mumkin. Kelgusida doʻkonlar koʻlamini yanada oshirish koʻzda tutilgan. Shuningdek, loyihaning 2-bosqichida poytaxtdagi 20 ta umumta’lim maktablariga 1000 donadan kitoblar ajratildi. Mirobod tumani Shayxontohur tumani Olmazor tumani Uchtepa tumani Yakkasaroy tumani Yashnobod tumani Yunusobod tumani Chilonzor tumani Mirzo Ulugʻbek tumani Sergeli tumani Bektemir tumani Yangihayot tumani 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK