TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Toshkentdan gapiramiz...
Toshkentdan gapiramiz... avatar

TGINSIGHT POST

Post #9414

@RMMMTSHB

Toshkentdan gapiramiz...

Qhawasqakuna10,000Qhawasqa yupay
Riqchachisqa21 Ene21-01-2026, 07:39 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

“Bosqinchiga elin sotganlar o‘lik, O‘z elim deb o‘lganlarga o‘lim yo‘q” Gʻaflat botqog‘iga botgan o‘likdir, O‘z yurtida qulday yotgan o‘likdir, Jonin asrab, yurtin sotgan o‘likdir, O‘z yurtim deb o‘lganlarga o‘lim yo‘q. Erksizlarning qalbi burda-burdadir, Erksiz odam doim ochiq go‘rdadir, Erksiz odam go‘yo tirik murdadir, O‘z erkim deb o‘lganlarga o‘lim yo‘q. Bosqinchiga tilin sotganlar o‘lik, Bosqinchiga dilin sotganlar o‘lik, Bosqinchiga elin sotganlar o‘lik, O‘z elim deb o‘lganlarga o‘lim yo‘q... Yoshlar Milliy xor jamoasi “Dahshatli Meshpolvon” filmidagi mashhur qoʻshiqni oʻziga xos talqinda ijro etdi. She’r matni Anvar Obidjon qalamiga mansub. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK