TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Toshkentdan gapiramiz...
Toshkentdan gapiramiz... avatar

TGINSIGHT POST

Post #9447

@RMMMTSHB

Toshkentdan gapiramiz...

Qhawasqakuna10,800Qhawasqa yupay
Riqchachisqa26 Ene26-01-2026, 10:23 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

#qaror_loyihasi 📇Oʻzbekistonda Mahallani rivojlantirish milliy instituti va uning 14 ta hududiy filiallarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. ✍ Qaror loyihasiga muvofiq, mamlakatimizda mahalla institutini yanada rivojlantirish, uning boshqaruv salohiyatini oshirish va sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida Mahallani rivojlantirish milliy instituti hamda uning 14 ta hududiy filiallari tashkil etish ko‘zda tutilgan. 🏢 Qaror loyihasi bilan Milliy institut va uning hududiy filiallarini tashkil etishning asosiy maqsadlari sifatida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda mahalla tizimi rahbar va mutaxassis kadrlarining malakasini oshirish, yagona malaka oshirish tizimini joriy etish, boshqaruv samaradorligini kuchaytirish, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, axborot-tahliliy va o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirish, shuningdek, ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish belgilangan. 📚 Institut zimmasiga mahalla tizimi kadrlari malakasini oshirish, “mahallabay ishlash samaradorligi” yo‘nalishida o‘quvlar tashkil etish, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, mahalla raislari kompetensiyalarini shakllantirish va takomillashtirish, dolzarb muammolar yuzasidan dastur va loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi muhim vazifalar yuklatilgan. 📚 Loyihada keltirilishicha, 2026 yil 1 fevraldan boshlab Milliy institut va uning hududiy filiallarida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda mahalla tizimi rahbar va mutaxassis kadrlari uchun har yili bir marotaba majburiy malaka oshirish tizimi joriy etiladi. 🖥️ Shuningdek, 2026 yil 1 iyundan “Raqamli mahalla” elektron platformasida ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishiga qaratilgan maxsus modul ishga tushiriladi. 🖤 Hujjat loyihasiga muvofiq, Milliy institutda “Mahalla boshqaruvi”, “Hududiy rejalashtirish va rivojlanish”, “Liderlik va barqaror rivojlanish”, “Ijtimoiy loyihalarni boshqarish va muvofiqlashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura ta’limi yo‘lga qo‘yiladi. Bitiruvchilar Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilib, belgilangan ish stajiga ega bo‘lganidan so‘ng rahbarlik lavozimlariga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi. 💕 Shu bilan birga, Milliy institutda ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, PhD va DSc ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengash tashkil etiladi. 2026 yil yakuniga qadar mahalla boshqaruvi, iqtisodiyoti, pedagogikasi, sotsiologiyasi, ma’naviyati va huquqiy profilaktikasi kabi yangi ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy faoliyat amalga oshiriladi. ✍️Ushbu qaror loyihasi bilan mahalla institutining ilmiy, ta’limiy va boshqaruv salohiyatini tubdan oshirish, mahallani jamiyat taraqqiyotining muhim tayanchiga aylantirish ko‘zda tutilmoqda. Rasmiysahifalarimiz👇 🚨telegram| 📎Facebook 📺YouTube| 👚Instagram