Willakuy ukhu
👨👨👦Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi — onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari hozirda davom etmoqda 📌 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yanvar holatiga census.stat.uz portali orqali jami xonadonlarning 70,4 % da istiqomat qiluvchi fuqarolar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Ya’ni, bugungi kunga qadar25 milliondan ortiq fuqaro onlayn ro‘yxatdan o‘tishni yakunladi. 📌Hududlar kesimida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan xonadonlar ulushiga e’tibor qaratsak, Xorazm viloyati — 85,5 %, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 79 %, Sirdaryo viloyati — 77,9 % Navoiy viloyati — 76,9 % bilan onlayn ro‘yxatdan o‘tish darajasi bo‘yicha 📊eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan. 📶Ayni paytda Surxondaryo viloyati — 68,5 %, Buxoro viloyati — 63,8 %, Andijon viloyati — 63,6 % Toshkent shahrida — 49,5 % bilan nisbatan 📊past ko‘rsatkichlar kuzatilmoqda. ⏳ Shunga qaramay, onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari tugashiga 3 kun qolganini inobatga olib, har bir yurtdoshimizdan ushbu muhim umummilliy tadbirda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz! Rasmiysahifalarimiz👇 🚨telegram| 📎Facebook 📺YouTube| 👚Instagram