Willakuy ukhu
Aziz ayollar, qadrli qizlarimiz! Sizlar hayotga mehr, qalblarga nur, oilalarga quvonch olib kirasizlar! Sizlar har sohada har doim eng oldingi o‘rinlarda bo‘la olasizlar. Faqatgina ishonch berilsa bo‘lgani. Bugun Davlatimiz rahbari tomonidan doimo yuksak ishonch, keng imkoniyatlar berilmoqda. Shu bois bugun ayollarimiz har sohada ildam, qizlarimizning erishayotgan yutuqlariga dunyo havas qilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlik hamda tazyiqlardan himoya qilishga qaratilgan muhim farmon ham qabul qilindi. Birinchi bor aynan Xalqaro ayol sudyalar kuni munosabati bilan ayol sudyalarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Bularning barchasi ayollarimizga bildirilgan ehtirom, yuksak ishonch ramzidir. Zero, ayolga ishonch bildirilsa, u mo‘jizalar yaratadi! Bayramingiz muborak bo‘lsin!