TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Toshkentdan gapiramiz...
Toshkentdan gapiramiz... avatar

TGINSIGHT POST

Post #9672

@RMMMTSHB

Toshkentdan gapiramiz...

Qhawasqakuna9,570Qhawasqa yupay
Riqchachisqa10 Mar10-03-2026, 11:35 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

“2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (82-son, 06.03.2026 y.) qabul qilindi. 🍀 Qarorga ko‘ra, Navro‘z bayramini munosib nishonlash bo‘yicha “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot tadbirlari dasturi tasdiqlanadi va uning amalga oshirilishi ta’minlanadi. ✔️ Bu yilgi Navro‘z muborak Ramazon hayiti bayrami bilan hamohang tarzda nishonlanishi uning insonparvarlik tamoyillarini yanada kuchaytirishini inobatga olib, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, holidan xabar olish tashkil etiladi. 🌿 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi, “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyalari, umumxalq hasharlari tashkil etiladi. ✨ Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK