Willakuy ukhu
Bugun Madaniyat va san’at xodimlari kuni! Xalqimiz san’atni, madaniyatni, adabiyotni, bir so‘z bilan aytganda yuksak ma’naviyatni, o‘lmas ma’rifatni doimo qadrlaydi. Shu bois, asrlar osha har bir moddiy, madaniy, ma’rifiy xazinalarimiz asrab kelinmoqda, avlodlarga yetkazish yo‘lida fidoyilik bilan harakat qilinmoqda. Yangi O‘zbekiston qiyofasida ham butun dunyo o‘z qadriyati, madaniyati, o‘zligini ulug‘lovchi, g‘ururlanuvchi millatni yangi qiyofada ko‘rmoqda. Madaniy markazlar ochilmoqda, xalqaro festivallar o‘tkazilmoqda, madaniy diplomatiya yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Zero, madaniyat, san’at ma’naviyatli avlodni tarbiyalashning muhim vositasi. Shu bois, har birimiz uni asrashimiz, ardoqlashimiz, qalbimizda “tirik” saqlashimiz shart. Bu yo‘lda tinmay mehnat qilayotgan, ijod qilayotgan, madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilayotgan har bir san’atkor, madaniyat xodimlari, ustozlar, yoshlarga bayram muborak bo‘lsin! @otabek_khasanov