Willakuy ukhu
Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini ko’rsatishda 50 foiz chegirma beriladi Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ishlovchi pedagoglar uchun quyidagi davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi: 🔹 ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari; 🔹muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari; 🔹 umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha davlat xizmatlari; 🔹traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish bo’yicha davlat xizmatlari; 🔹 rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari va boshqalar. 👨🏫 Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor va direktor o‘rinbosarlari 5 yilda 1 marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK