TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BioLogic IQ
BioLogic IQ avatar

TGINSIGHT POST

Post #1255

@biologiciq

BioLogic IQ

Qhawasqakuna824Qhawasqa yupay
Riqchachisqa30 Mar30-03-2026, 03:15 a.m.
Willakuy

Willakuy ukhu

Yaxshi o’qish shartmi? Maktabni bitirganimga bir necha yil bo'ldi. Yaxshi o'qiganimga qaramay, ~70 foizi esimdan chiqqan. Kollejda yana ham qattiqroq o'qigandik. Baribir 2/3 qismi esimizdan chiqqan. Oxir-oqibat unutib yuborsak, yaxshi o'qib nima qilamiz? Shunchaki, imtihon uchunmi hammasi? Yaxshi o'qishning boshqa foydalari ham bordir balki? Yechgan misollarimiz esimizda qolmas. Yechish uchun kerak bo'lgan diqqat qila olish odati biz bilan qoladi. Yodlaganlar g'azallarimiz unutilib ketar. Yodlash sabab rivojlangan xotiramiz biz bilan qoladi. Yozib to'ldirgan daftarlarimiz yo'qolib ketar. Yozaverish ortidan kuchaygan tafakkurimiz biz bilan qoladi. Ba'zi ishlar faqat natijasi bilan emas, jarayoni bilan ham foyda olib keladi. Yaxshi o'qish ham shulardan biri. Yaxshi o’qing, kam bo’lmaysiz. Inglizlar aytganidek: Hard work definitely pays off. baratovs_blog